Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoxabarga ko‘ra, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida sel kelgan. Natijada, videoda ko‘ringan mashina ichi loyga to‘lib qolgan.
Factchecknet.uz xabarni tekshirdi.
HUKM: ROST
Telefon orqali so‘rovimizga javob bergan Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati rahbariga ko‘ra, haqiqatdan ham 2024-yil 12-aprel kuni taxminan soat 19:00-20:00 lar oralig‘ida Sharof Rashidov tumani Tinchlik MFY Beshovul qishlog‘ida kuzatilgan yog‘ingarchilik oqibatida qir-adirliklardagi jilg‘adan qum-shag‘al massalari oqib kelgan. Shu kuni Ko‘rpasoy MFY Tangi qishlog‘ida yashovchi fuqaro X.D. tomonidan o‘ziga tegishli bo‘lgan VAZ 2106 rusumli transport vositasini nosozligi sababli qir-adirlikning pastki qismiga tashlab ketishi oqibatida adirlikdan oqib kelgan qum-shag‘al massalari transport vositasining ichki qismiga to‘lib qolgan.
Sodir bo‘lgan hodisa natijasida hududdagi aholi yashash xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlari va ichki yo‘llarga zarar yetmagan.