Olmaotada  Markaziy Osiyo XV yubiley forumi bo‘lib o‘tmoqda

2024-yil 30-may kuni Olmaota shahrida “Markaziy Osiyoda internet sohasini rivojlantirish InternetCA-2024” Markaziy Osiyo XV yubiley forumi boshlandi. Tadbir “Zamonaviy raqamli muammolar: tartibga solish strategiyalari va huquqlarni himoya qilish” mavzusiga bag‘ishlangan.

Olmaotada  Markaziy Osiyo XV yubiley forumi bo‘lib o‘tmoqda

Forum jurnalistlar, tadqiqotchilar, ijtimoiy faollar, hukumat vakillari, o‘qituvchilar, talabalar hamda Markaziy Osiyoda internet sohasini rivojlantirishga qiziqqan barchani birlashtirdi. Forumda uchta asosiy mavzu muhokama qilinmoqda:

  • Markaziy Osiyoda raqamli huquqlarga rioya etilishini ta’minlash uchun Internet sohasini tartibga solish va rivojlantirishda muvozanatni topish.
  • Dezinformatsiya va tashviqotga qarshi kurash.
  • Neyrotarmoq xizmatlari, ularning roli va Internet sohasi rivojlanishining asosiy tendentsiyalariga ta’siri.
Olmaotada  Markaziy Osiyo XV yubiley forumi bo‘lib o‘tmoqda

Forum “MediaNet xalqaro jurnalistika markazi” jamoat fondi tomonidan “Ochiq jamiyat” fondi, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), Internews Network, YeXHTning Ostonadagi dasturlar ofisi va Freedom House ko‘magida tashkil etildi.

Olmaotada  Markaziy Osiyo XV yubiley forumi bo‘lib o‘tmoqda

Media va internet texnologiyalari sohasidagi xalqaro ekspertlar Markaziy Osiyoda raqamlashtirishning eng dolzarb muammolarini yoritib, o‘z ma’ruzalarini taqdim etdilar.

Forum ishtirokchilari raqamli huquqlarni himoya qilish uchun Internet sohasini tartibga solish va rivojlantirish o‘rtasidagi muvozanatni topish muhimligini ta’kidladilar, shuningdek, dezinformatsiyaga qarshi kurashish strategiyalari va zamonaviy internet sohasida neyrotarmoqlar xizmatlarining rolini muhokama qildilar.