Anginani issiq yod bilan davolash samaralimi?

Telegram kanallarida anginani qaynatilgan yod yordamida davolashning xalq usuli tarqalmoqda.

“Alyuminiy yoki shisha idishga 100 gramm suv quyib, qaynatib oling. Keyin 15-20 tomchi yod qo‘shing, past olovda va bug‘da qaynating. Jarayon kuniga to‘rt marta 15-20 daqiqa davomida amalga oshiriladi. Keyin yog‘siz sut bilan issiq holda ichiladi”, — deyiladi xabarda.

HUKM: YOLG‘ON

Anginani davolashning bu usuli nafaqat ilmiy asosga ega emas, balki sog‘liq uchun xavfli ham bo‘lishi mumkin.

Yodni isitish va undan keyin uning bug‘laridan nafas olish tartibi nafas yo‘llarining shilliq pardalarini bezovta qilishi va kuyishiga olib kelishi mumkin.

Bundan tashqari, sut bilan issiq yodni iste‘mol qilish ovqat hazm qilish traktining jiddiy kuyishiga va boshqa istalmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Ko‘p odamlarda yodni qabul qilolmaslik xususiyati ham bo‘lishi mumkin, bu unga yoki yod o‘z ichiga olgan dorilarga allergik reaktsiya beradi. U turli shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin, jumladan teri toshmasi, qichishish, halqumning shishishi, nafas olish qiyinlishuvi, angionavrotik shish va hatto anafilaktik shok, bu jiddiy va potentsial o‘limga olib keladigan holat.

Anginani davolash malakali tibbiyot mutaxassisining nazorati ostida amalga oshirilishi kerak. Shifokor bilan maslahatlashmasdan muqobil usullardan foydalanish vaziyatning yomonlashishiga va asoratlarga olib kelishi mumkin.