Mashhur Sidney opera teatri ostida nima yashiringan?

AI yordamida qayta yaratilgan

Butun dunyo bo‘ylab ijtimoiy tarmoqlarda Sidney opera teatri ostida yashirin inshoot borligi haqida xabarlar tarqaldi. O‘zbekistonlik foydalanuvchilar ham bu xabarni tarqatishgan. Biroq Avstraliyaning “AAP FactCheck” nashri xabarga sabab bo‘lgan tasvirni tekshirib, uni soxta ekanligini aniqladi.

Sidney opera teatri zamonaviy arxitekturada ulkan yutuq hisoblanib, Avstraliyaning ramziga aylangan. Oktyabr oyining oxiridan boshlab o‘nlab mamlakatlardagi ijtimoiy tarmoqlarda ushbu mashhur inshootning ostida ko‘p qavatli xonalar mavjudligini ko‘rsatuvchi surati paydo bo‘ldi. Bu surat aslida sun’iy intellekt yordamida yaratilgan. 

Facebook foydalanuvchilari suratni “Sidney opera teatrining osti” kabi izohlar bilan ulashmoqda. Tasvir soxta ekanligi aniq, ko‘plab izohlar hazil ohangida yozilyapti. Lekin avstraliyalik bo‘lmaganlarning ko‘pchiligi “Ajoyib joy, har bir qavati  qiziqarli” yoki “Bu juda ajoyib-ku! Bu joyni albatta ko‘rishni istardim” kabi izohlar yozib, tasvirning haqiqatligiga ishonishgan.

Sidney opera teatri vakili tasvirning soxta ekanligini tasdiqlab, bunday yer osti tuzilmasi mavjud emasligini isbotlovchi ko‘plab hujjatli dalillar borligini eslatgan. “Men Opera teatrining bu tasviri yolg‘on ekanligini tasdiqlay olaman”, – degan Sidney opera teatri matbuot kotibi “AAP FactCheck”ga. 

Rasm ilk bor “Facebook”dagi sinfografiya san’atiga bag‘ishlangan “Synthograpy Art” sahifasida e’lon qilingan. “Synthography Art” o‘zining veb-saytida sun’iy intellekt yordamida yaratilgan tasvirlarning boy to‘plamiga ega ekanligini keltirgan, yuqoridagi tasvir ham shular jumlasidan. 

“Google Map”ning “Street View” funksiyasi orqali kuzatilsa ham, soxta rasmdagi teatr  haqiqiy Sidney opera teatridan farq qilishini sezish mumkin. Opera binosi dumaloq maydon ustida joylashmagan va rasmdagidek atrofi maysa yoki daraxtlar bilan o‘ralmagan: 

Mashhur Sidney opera teatri ostida nima yashiringan?

Soxta surat (chapda) va “Google Map”ning (o‘ngda) skrinshotlari taqqoslanganda