Matbuot va OAV xodimlari kuni bilan tabriklaymiz!

Qadrli hamkasblar!

Factchecknet.uz sizni Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabriklaydi!

Ushbu quyoshli kunda biz faoliyati jamiyatni xabardor qilish, odamlarga ma’lumot yetkazish va jamoatchilik fikrini shakllantirishga qaratilgan insonlarni tabriklaymiz. Jurnalistika shunchaki kasb emas, bu qalb amridir.

Axborot sel oqimidek oqayotgan zamonaviy dunyoda haqiqatni feykdan ajrata olish va auditoriyaga ishonchli ma’lumotlarni yetkazish ayniqsa muhimdir.

Tinimsiz mehnati bilan hayotimizni yanada axborotga boy, qiziqarli va mazmunli qilishda xizmat qilayotgan barchaga chuqur minnatdorligimizni bildiramiz. Sizga mustahkam sog‘lik, kasbiy muvaffaqiyatlar, ijodiy ilhom, samarali mehnat va yangi yutuqlar tilaymiz!

Hurmat bilan,

Factchecknet.uz jamoasi