Facebookda Pavel Durovning go‘yoki yangi investitsiya platformasi haqida xabar bergani aks etgan video paydo bo‘ldi.
Bu haqda Qozog‘istonning Kazinform nashri “feyk” deb belgilangan xabarni e’lon qildi.
Videoda Telegram asoschisi Pavel Durov go‘yoki yangi investitsiya platformasi haqida gapirib, to‘rt ming dollar miqdorida daromad olishni va’da qilgan. Shu bilan birga, bayonotga ko‘ra, sun’iy intellekt daromadni “oson” keltiradi.
Agar haqiqat bo‘lganida edi, hammasi ajoyib bo‘lardi.
Videoda biznesmenning siyosiy sharhlovchi Taker Karlsonga intervyu berganidagi tasviri aks etgan. Bu intervyuni Tucker Carlson Network platformasida ko‘rish mumkin.
Durov turli mavzuga to‘xtalgan, lekin yangi investitsiya platformasi haqida gapirmagan. Kiber firibgarlar feyk kontent yaratish uchun ushbu tasvir va soxta ovozlashtirishdan foydalanishgan.
Unutmang, bunday xabarlarda shubhali manbalarga havolalar bo‘lishi mumkin! Oson daromadga intilib, o‘z pullaringizni yo‘qotishingiz mumkin.
Faktchekerlar hamjamiyatiga qo‘shiling.