Toshkentdagi “Onasini emsin” banneri – haqorat emas, shifokor tavsiyasi

Yaqinda Toshkent ko‘chalarida “Onasini emsin” (jumla bola ko‘krak sutini emishi haqida – tahririyat izohi ) yozuvli banner paydo bo‘ldi. Bu ko‘plab munozaralarga sabab bo‘lib, ushbu iboraning haqorat ekanligi haqida taxminlar paydo bo‘ldi. Biroq, bizning o‘rganishlarimiz shuni ko‘rsatdiki, bu noto‘g‘ri.

“Onasini emsin” iborasi shifokorning tavsiyasi hisoblanadi. Ma’nosi shuki, agar shifokorga kamroq qatnamoqchi bo‘lsangiz, bola onasini emsin. Bu chaqaloqlar salomatligi uchun muhim maslahatdir.

Har yili 1-7 avgust kunlari “Go‘daklarni ko‘krak suti bilan boqishni qo‘llab-quvvatlash butunjahon haftaligi” o‘tkaziladi. Ushbu haftalikning maqsadi ko‘krak suti bilan boqishning foydalari haqida ma’lumot tarqatish va onalarni hech qanday qo‘shimcha oziqlantirishsiz, tug‘ilgandan olti oylikgacha bo‘lgan bolalarini faqat ko‘krak suti bilan boqishga undashdir.

Axborot kampaniyasi yosh ota-onalarga qaratilgan edi. “Onasini emsin – so‘kinish emas, shifokor tavsiyasi” yozuvi bilan tizer bannerlari kampaniyaning bir qismi edi. Kompaniya hisob-kitoblariga ko‘ra, bannerlar e’lon qilinganidan keyin 24 soat ichida kompaniya bir milliondan ortiq faol auditoriyani qamrab oldi.

Bunday tadbirlar dunyoning 170 dan ortiq mamlakatlarida JSST va YuNISEF tomonidan 1990-yilda qabul qilingan Emizishni himoya qilish, rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida tashkil etib kelinmoqda. Bu yilgi haftalik “Bo‘shliqni bartaraf etish: barcha uchun emizishni qo‘llab-quvvatlash” shiori ostida o‘tmoqda.

O‘zbekistonda Go‘daklarni ko‘krak suti bilan boqishni qo‘llab-quvvatlash butunjahon haftaligi barcha hududlarda o‘tkaziladi. Tibbiyot xodimlari tomonidan tibbiyot maskanlarini “Bolalarga do‘stona muassasa” sertifikatsiyasi, ota-onalar uchun mavzuga bag‘ishlangan uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkaziladi.

Muhim eslatma:

O‘zbekistonda sut o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni reklama qilish qonun hujjatlarida taqiqlanganiga qaramay, bunday mahsulotlar internetda targ‘ib qilinmoqda, bu esa ona suti o‘rnini bosuvchi mahsulotlarga bo‘lgan talabni sun’iy ravishda oshirmoqda.

Ushbu banner Toshkent shahrining Yunusobod ko‘chalarida fotosuratga olingan.

Toshkentdagi “Onasini emsin” banneri – haqorat emas, shifokor tavsiyasi
Toshkentdagi “Onasini emsin” banneri – haqorat emas, shifokor tavsiyasi
Toshkentdagi “Onasini emsin” banneri – haqorat emas, shifokor tavsiyasi

Xulosa: “Onasini emsin” banneri ko‘krak suti bilan boqishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha axborot kampaniyasining muhim qismi bo‘lib, u tibbiy tavsiyani o‘z ichiga oladi. Bu haqorat emas va chaqaloqlar salomatligini yaxshilashga qaratilgan.