Maymun chechagi, uning tarqalishi va sog‘liq uchun xavf-xatarlar haqidagi yangiliklar tobora keng tarqalmoqda. Tasdiqlangan xabarlar bilan bir qatorda feyklar ham kam emas. Qay biri haqiqat va qaysinisi yolg‘on ekanligini aniq bilish uchun biz ushbu kasallik haqida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan allaqachon tasdiqlangan bir nechta faktlarni to‘pladik.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, kasallikning global epidemiyasi 2022-yilda boshlangan va haligacha davom etmoqda, shu jumladan Afrikaning bir qancha mamlakatlarida. Har xil mayda sut emizuvchilar, masalan, olmaxonlar va maymunlar virusga sezgir.
1-afsona: maymun chechagini davolab bo‘lmaydi
JSST emlashni boshqa sog‘liqni saqlash tadbirlari bilan bir qatorda ko‘rib chiqishni tavsiya qiladi. Bir nechta antivirus dorilarga bir necha mamlakatlarda favqulodda foydalanish uchun ruxsat berilgan va hozirda ular klinik sinovdan o‘tkazilmoqda. Hozirda maymun chechagi uchun tasdiqlangan samarali virusga qarshi davo mavjud emas. Muvaffaqiyatli klinik sinovlarda terapevtikani baholashni davom ettirish va bemorlarga qo‘llab-quvvatlovchi yordamni optimallashtirishga e’tibor qaratish ustuvor vazifadir, deyiladi manbada.
2-afsina: maymun chechagi koronavirus vaktsinasining nojo‘ya ta’siridir
Shunday fikrli video 2022-yilda fitna nazariyalarini faol ravishda targ‘ib qiladigan va tibbiyotni rad etadigan kanalda paydo bo‘lgan.
Biroq, COVID-19 havo tomchilari orqali, maymun chechagi esa yaqin jismoniy aloqa orqali yuqadi. SARS-CoV-2 koronavirusi tez rivojlanayotgan RNK virusi boʻlib, emlash yoki oldingi infektsiyalar natijasida hosil boʻlgan immunitetni chetlab oʻtishi mumkin. Aksincha, Mpox virusi nisbatan katta DNK virusidir.
3-afsona: maymun chechagi “noan’anaviy jinsiy aloqa” orqali yuqadi
Ushbu kasallik kasal odam, ifloslangan narsalar yoki kasal hayvonlar bilan jismoniy konrakt orqali yuqadi. Homiladorlik davrida virus homilaga yoki yangi tug‘ilgan chaqaloqqa tug‘ilish paytida yoki undan keyin yuqishi mumkin. “Teridan teriga” (masalan, teginishda) va “og‘izdan og‘izga” yoki “og‘izdan teriga” aloqa (masalan, o‘pish payti), shuningdek, kasal odam bilan “yuzma-yuz” (masalan, gaplashayotganda yoki nafas olayotganda bir-biriga yaqin bo‘lgan odamlarda infektsiyalangan zarralar nafas olish yo‘llaridan chiqariladi) yaqin aloqa deb hisoblanadi/
JSST har qanday kasallik asosida stigmatizatsiya va kamsitishdan qochishga chaqirdi. Maymun chechagi bilan bog‘liq stigma sog‘liqni saqlash sohasidagi sa’y-harakatlarga putur yetkazishi yoki epidemiyani uzaytirishi mumkin, chunki odamlar kasallikni berkitib, tibbiy yordam va davolanish uchun murojaat qilmay qo‘yishlari mumkin.
4-afsona: maymun chechagi yangi kasallikdirMaymun chechagi virusi 1958-yilda Daniyada tadqiqot markazlarida saqlanayotgan maymunlarda topilgan. Birinchi odamda maymun chechagi kasalligi 1970-yilda Kongo Demokratik Respublikasida to‘qqiz oylik bolada qayd etilgan. 2021-yilgacha xabar qilingan shubhali va tasdiqlangan holatlar haqida maʼlumotlar bu yerda (ingliz va frantsuz tillarida) mavjud.