Ijtimoiy tarmoqlarda “Apple” asoschisi haqida turli xil ma’lumotlar tarqalmoqda. “Apple asoschisi Stiv Jobsning asl ismi Abdulatif ekan”, – deyiladi xabarda.
Factchecknet.uz mazkur xabarni tekshirib koʻrdi.
HUKM: YOLG‘ON
Steven Paul Jobs 1955-yil 24-fevralda Kaliforniya shtatidagi Mountain View shaharchasida tugʻilgan. Jobsning haqiqiy ota-onasi u tug‘ilganida yosh talabalar boʻlgani va oila qurmagani uchun goʻdakni boqib olish uchun berib yuborishgan. Paul va Clara Jobslar esa uni boqib olgan.
Stiv Jobsning asl otasi Abdulfattoh Jon Jandaliy – suriyalik musulmon. Haqiqiy onasi Joanne Carole Schieble amerikalik boʻlgan. Ular keyinchalik oila quradi. Stiv Jobsning singlisi Mona Simpson hozirgi kunda taniqli adiba. Stiv Jobsning ular bilan munosabati yaxshi edi.
1977-yili Stiv “Apple Compyuter” kompaniyasiga asos soladi. 1982-yilda “Apple” bir yilda 1 milliard dollardan oshiq savdo qilgan tarixda birinchi kompyuter kompaniyasi hisoblanadi. 1983-yilda “Apple Compyuter” AQShning eng yuqori 500 kompaniyalari roʻyxati boʻlgan “Fortune 500” safiga kiradi. 2001-yilda “Apple” musiqa tinglash uchun moʻljallangan “iTunes” programmasini ishlab chiqaradi. Oʻsha yili musiqa pleyeri “iPod” sotuvga chiqarildi. Bu mahsulot butun dunyo boʻyicha xaridorlarga manzur boʻldi. Bu muvaffaqiyatdan keyin “iTunes” musiqa sotib olish sayti ochildi. 2003-yil aprelda ochilgan bu saytdan shu kungacha 10 milliarddan oshiq musiqa koʻchirib kelinadi. 2007-yilda koʻp funksiyali “iPhone” telefoni, 2010-yilda esa “iPad” planshet kompyuteri sotuvga chiqarildi.

2011-yil 21-dekabrda Stiv Jobs bugungi kunning eng buyuk allomalaridan biri boʻlgani uchun Budapeshtda uning xotirasiga bronza haykal oʻrnatilgan.
2003-yilda Stiv Jobsning oshqozon osti bezida saraton paydo boʻladi. 2009-yilda jigarini transplantatsiya qildiradi. Ammo, sogʻligʻi yaxshilanmagach, 2011-yil avgust oyida “Apple”ning bosh ijrochi direktori (BID) lavozimidan bo‘shaydi va boshqaruv komitetining yetakchisi qilib tayinlanadi. Stiv Jobs 2011-yil 5-oktyabrda 56 yoshda undagi saratonning metastazi tufayli nafasi toʻxtab dunyodan koʻz yumadi.