Maktab o‘qituvchilari ming dollar oladi – bunday va’dalar ko‘p berilgan.
Keling, bunday va’dalar qachon va qanday sharoitda berilganini eslaylik.
HUKM: QISMAN BAJARILGAN
Anglash qulay bo‘lishi uchun ma’lumotlar xronologik tartibda keltirilgan.
1. 2019-yilning mart oyi
OAV Xalq taʼlimi vaziri (oʻsha paytda) Sherzod Shermatovning soʻzlarini keltirgan.
2. 2020-yilning noyabr oyi
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilar va shifokorlar bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ilk bor ushbu toifadagi xodimlarning maoshini 1000 dollargacha oshirish rejalarini ma’lum qildi. Bu sohalarda sifatli ish olib borishning garovi munosib moliyaviy haq ekanini ta’kidlab, bunday o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligiga ishonch bildirdi.
3. 2021-yilning noyabr oyi
“2025 yilgacha oʻqituvchilarning ish haqini bosqichma-bosqich oshirib, 1 ming dollar ekvivalentiga yetkazish rejalashtirilgan”, — dedi davlat rahbari Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisida.
4. 2023-yilning avgust oyi
O‘shanda 23 ming nafar o‘qituvchi 6 million so‘mdan 10 million so‘mgacha, ming nafardan ortiq o‘qituvchi esa 10 million so‘mdan ortiq maosh olayotgani ma’lum qilindi. Bu 2020-yilga nisbatan sezilarli o‘sish bo‘ldi, o‘shanda atigi 102 nafar o‘qituvchi xuddi shunday maosh olgan.
5. 2024-yil 12 avgust
O‘zbekiston Prezidenti 2024-yil 1-oktabrdan boshlab budjet sohasi xodimlarining ish haqini 10 foizga, o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining ish haqini 15 foizga oshirish to‘g‘risidagi Farmonni imzoladi.
6. 2024-yil 30-sentyabr
Prezident Shavkat Mirziyoyev taʼlim sohasi vakillari bilan muloqot chogʻida kelasi oʻquv yilidan boshlab oʻqituvchilarga xalqaro malaka sertifikati berilishi boshlanishini maʼlum qildi. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘qituvchilar oylik maoshlarini 4,5 million so‘mdan 12 million so‘mga oshirishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, u o‘qituvchilarning 1000 dollarlik maoshi haqiqatga aylanib borayotganini ta’kidladi.
7. 2024-yilning sentyabr oyi
Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligi budjeti 46,6 trillion soʻm boʻlib, uning 84 foizi 545 ming nafardan ortiq oʻqituvchilarning ish haqi va boshqa toʻlovlarga yoʻnaltiriladi. Taʼlim sohasida oʻrtacha ish haqi 3,5 million soʻmni tashkil etib, bu koʻrsatkich respublika boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichdan pastligicha qolmoqda.
O‘zbekistonda o‘qituvchilarning ish haqini oshirish bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan jarayon bo‘lib, 2020-yildan boshlab qo‘llab-quvvatlanib kelmoqda. Xalqaro malaka sertifikatlarining joriy etilishi va mukofotlar turlarining ko‘payishi o‘qituvchilarning ish haqini 1000 dollargacha oshirish rejalarining izchil amalga oshirilayotganidan dalolat beradi. Biroq, bu ko‘rsatkichning qamrovi yuz foiz deb aytish mumkin emas.