Axborotni manipulyatsiya qilish tobora keng tarqalgan. Masalan, yaqinda OIV infektsiyasi tufayli o’zbek muhojirining Rossiyadan deportatsiya qilingani haqidagi yolg’on ma’lumotlarning e’lon qilinishi bilan bog’liq ishni misol sifatida keltirish mumkin.
Onlayn foydalanuvchilar haqiqatni qanchalik osonlik bilan buzib tashlash mumkinligini payqashdi. Masalan, mamlakatlar nomlarini almashtirish. Shu bilan birga, matnda ma’lumot asl shaklida taqdim etilgan manbaga havola mavjud.
HUKM: MANIPULYATSIYA
Yuqorida keltirilgan misol axborotni qasddan manipulyatsiya qilishning klassik namunasidir. Xabarni yozgan shaxs jamoatchilikni chalg‘itish uchun buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tarqatgan.
Internetda axborotni manipulyatsiya qilish sabablari turlicha, lekin asosiy maqsad jamoatchilik fikriga ta’sir qilishdir. Ayrim guruhlar va tashkilotlar jamiyatdagi muayyan insonlar, hodisalar yoki vaziyatlarning o’zlari istalgan qiyofasini yaratishga, shuningdek, tomoshabinlarda ma’lum bir reaksiya uyg‘otishga intiladi.
Agar ma’lumot sizda kuchli his-tuyg’ularni uyg’otsa, unda yangilik orqali manipulyatsiya qilishga intilish bor deb o’ylash uchun asos bor.
Manipulyatsiyani anglashning boshqa qanday belgilari bo’lishi mumkin:
faktlar va aniqliklarning yo’qligi;
noaniq ma’lumotlar;
faktlarni noto’g’ri ko’rsatish;
stereotiplar va teglardan foydalanish.
O’zingizni manipulyatsiyadan qanday himoya qilish kerak:
axborot manbalarini tekshirish;
turli manbalardan olingan ma’lumotlarni solishtirish;
savollar berish, masalan, «ushbu matn nima maqsadda yozilmoqda?», degan savolni.