Olovrang sochli insonlar og‘riqni kamroq his qilishi rostmi?
Ilmiy tadqiqotlar bu xususiyatni haqiqatan tasdiqlaydi va buning qiziqarli biologik izohi mavjud.
Sochning rangi pigmentlar – melanin bilan belgilanadi. Ularning miqdori genetik omillarga bog‘liq.
Olovrang sochli odamlarda pigment (melanotsitlar) ishlab chiqaradigan hujayralar genetik darajadagi farqlarga ega. Melanositlar yuzasida melanotsitlarni rag‘batlantiruvchi gormonlar (MRH) uchun retseptorlar mavjud. Olovrang sochli odamlarda 1-toifa MSH retseptorlari genetik mutatsiya tufayli “o‘chirilgan” bo‘ladi. Ushbu mutatsiya og‘riqni tartibga solishda ishtirok etadigan proopiomelanokortin molekulalarini ishlab chiqarishni kamaytiradi.
Ushbu o‘zgarishlar natijasida olovrang sochli odamlarning tanasida og‘riqni tabiiy ravishda bostiradigan opioid retseptorlari ta’siri ustunlik qiladi. Bu olovrang sochli odamlarning og‘riq chegarasini balandroq qiladi, ya’ni ular og‘riqqa nisbatan kamroq sezgir.
Ushbu mexanizmni tushunish tibbiyot uchun muhim:
– tibbiy xodimlarga bemorlarning og‘rig‘ini baholashda ularning individual xususiyatlarini hisobga olishga yordam beradi;
– an’anaviy analgetiklarga qaraganda xavfsizroq bo‘lishi mumkin bo‘lgan og‘riq qoldorishning yangi usullarini ishlab chiqish istiqbollarini ochadi.
Shunday qilib, tadqiqot olovrang sochli odamlar haqiqatan ham og‘riqqa nisbatan kamroq sezgir bo‘lishi mumkinligini tasdiqlaydi. Bu afsona emas, balki asab tizimining ishlashiga ta’sir qiluvchi noyob genetik xususiyatlarning natijasidir.