Internetda bir necha yillardan beri “Walt Disney Compani” o‘z asoschisining fotosuratlarini muntazam ravishda tahrir qilgani, undagi sigaret tasvirlarini olib tashlagani haqida hikoya tarqalmoqda. Ushbu mavzuni foydalanuvchilar 2013, 2017 va 2024 yillarda faol muhokama qilishgan.
HUKM: HUKMSIZ
Ushbu voqeani yoritishga yordam beradigan bir nechta muhim faktlar mavjud. Uolt Disneyning rasmiy arxiviga ko‘ra, u haqiqatan ham chekuvchi odam bo‘lgan. Ammo buni bolalar uchun yomon o‘rnak deb hisoblab, sigaret bilan suratga tushishdan ataylab qochgan.
Fotosuratlarning ehtimoliy tahrirlanishining eng qiziqarli dalillaridan biri Disneyning 1937-yilda “Oppog‘oy va yetti mitti” premyerasi bo‘lib o‘tgan “Carthay Circle” teatridan chiqib ketayotgani tasvirlangan sanasi noma’lum fotosuratidir. Ushbu fotosuratning ikkita versiyasi mavjud: biri “Disneylend”dagi “Carthay Circle” restoranida ilib qo‘yilgan sigaretani ushlab turgani va qo‘lida sigareta yo‘q bo‘lgan esa ikkinchisidir.
“Getty Images” arxivlarida Disneyning sigaret bilan suratlari bor: 1935-yilda uning barmoqlari orasiga sigaret tutgan surati, 1945-yilda sigaret tutayotgani, 1946-yilda Dublinda sigaret bilan yurgan surati va 1951-yilgi barmoqlari orasida yonib tugayotgan sigaretli fotosurati.
Ushbu hikoya bilan mashhur “ikki barmoq imo-ishorasi” ham bog‘liq, uni Disney parklari xodimlari tashrif buyuruvchilar bilan muloqot qilishda hali ham qo‘llaydilar. Mashhur nazariyaga ko‘ra, bu imo-ishora aynan sigaretalar olib tashlangan tahrirlangan fotosuratlar tufayli paydo bo‘lgan. Ba’zi sobiq park xodimlari bu nazariyani qo‘llab-quvvatlaydi. Ulardan biri shunday deydi: “Bu haqiqatmi yoki yo‘qmi, bilmayman, lekin men Uolt chekayotganda ko‘pincha narsalarga ishora qilganini eshitganman va Disneyning ikki barmoq harakatining kelib chiqishi ham shu yerdan”. Boshqa bir xodimning ta’kidlashicha, bu imo-ishora aslida Disneyning chekish odatini bolalardan yashirish uchun ishlatilgan, garchi bugungi kunda u boshqa sababga ko‘ra saqlanib qolgan – ba’zi madaniyatlarda bitta barmoq bilan ishora qilish odobsizlik hisoblanadi.
Uolt Disneyning suratlarni tahrirlash tarixi munozarali masala bo‘lib qolmoqda. Bir tomondan, mavjud bo‘lgan ko‘plab sigaretali tarixiy fotosuratlar mavjudligi tizimli tsenzuraning bo‘lmaganini ko‘rsatishi mumkin. Boshqa tomondan, ba’zi fotosuratlar versiyalari va sobiq xodimlarning ko‘rsatmalari o‘rtasidagi farqlar ayrim tahrirlar amalga oshirilgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Disney kompaniyasining o‘z imidjini asrashi va bolalar uchun ijobiy o‘rnak ko‘rsatish istagini, shuningdek, Uolt Disneyning sigaret bilan suratga tushishni istamasligini hisobga olsak, tahrirlash ko‘lami va tizimliligi haqidagi savol ochiq qolmoqda.