Dubaylik millioner ayoliga bikini kiyib yurishi uchun orol sotib oldimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda dubaylik millioner o‘z rafiqasiga bemalol bikini kiyib yurishi uchun 50 million dollarga orol sotib olgani haqidagi xabarni muhokama qilishmoqda. Bu xabarlar millionerning rafiqasi Instagramidagi postlariga asoslangan.

HUKM: TASDIQLANMAGAN

Dubaylik millionerning rafiqasi uchun orol sotib olgani haqida, ayolning ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotlaridan tashqari, hech qanday rasmiy tasdiq yo‘q.

Bu voqea haqida Sudi Al Nadakning Instagramdagi postlari tufayli ma’lum bo‘ldi, unda u eri xavfsiz va tanho dam olishi uchun orol sotib olib bergani haqida gapirgan. Biroq, buni tasdiqlovchi qo‘shimcha ma’lumotlar yoki rasmiy xabarlar hali paydo bo‘lmadi.

Dubaylik tadbirkor Jamol Al Nadakning britaniyalik 26 yoshli rafiqasi Sudi Al Nadakning aytishicha, turmush o‘rtog‘i uning qulay va xavfsiz dam olishi uchun orolni 50 million dollarga sotib olgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, erining bu qarori sarmoya kiritish istagi bilan bog‘liq, shuningdek, u plyajda begonalarsiz bemalol dam olishi uchun qabul qilingan.

Video internetda turlicha reaksiyalarga sabab bo‘ldi: kimdir tadborkorning saxiyligiga qoyil qoldi, boshqalari uni dabdabani namoyish qilgani uchun tanqid qildi.

Sudi Al Nadak — Dubayda yashaydigan britaniyalik infyuyenser bo‘lib, u ijtimoiy tarmoqlardagi faol ishtiroki va hashamatli turmush tarzi bilan mashhur bo‘lgan.

Sudi Al Nadakning turmush o‘rtog‘i Jamol Al Nadak haqida ochiq manbalarda ma’lumot kam. U dubaylik biznesmen ekanligi ma’lum, biroq uning karyerasi yoki biznesining aniq tafsilotlari oshkor etilmagan. Uning nomi asosan rafiqasining ijtimoiy tarmoqlardagi postlari orqali mashhur bo‘ldi, ularda ayol hashamatli turmush tarzining tafsilotlari bilan o‘rtoqlashadi.

Ayni paytda uning faoliyati yirik biznes nashrlarida namoyish etilmagan va u haqidagi ma’lumotlarning aksariyati Sudining o‘zi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar bilan bog‘liq bo‘lib, ayol uni muvaffaqiyatli tadbirkor hamda o‘zlarining farovonligiga katta miqdorda sarmoya kiritishga tayyor bo‘lgan g‘amxo‘r turmush o‘rtog‘i sifatida ko‘rsatadi.