Ovqat oʻrnini bosuvchi ichimlik yaratildimi?

Telegram kanallarida Yaponiyada bir zumda toʻydiradigan ichimlik ishlab chiqarilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Xabar mazmuniga koʻra, bu ofislarda ovqatlanishga vaqti boʻlmaganlar uchun zarur. Ichimlikning nomi “Morinaga” boʻlib, u oshqozonga kirganida jelega aylanadi. Shu sababli toʻyinganlik hissi paydo boʻladi.

Factchecknet.uz xabar qanchalik haqiqatga yaqinligini tekshirdi.

HUKM: ROST

Sogʻlomlashtirish kompaniyasini o‘zida mujassam etgan “Morinaga & Co Ltd” oʻzining yangi bosh qarorgohida xodimlarning ish faoliyatini yaxshilashga yordam berish uchun “ochlikni boshqarish kabinasini” yoʻlga qoʻydi.

“Morinaga & Co Ltd” odamlarning sogʻligʻini saqlash va kundalik hayotiga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan “IN” brendidan “Tansanda Lemon Flavor” va “Tansanda Dry Greyfurt Flavor” nomli ochlikni nazorat qiluvchi ichimliklarni 4-iyundan boshlab Amazon tarmogʻida sotuvga chiqardi. 

Bu mahsulot gazlangan ichimlik bo‘lib, “in jele” texnologiyasini qo‘llaydi. Me’da shirasi kabi kuchli kislotalar bilan reaksiyaga kirishib, jelega o‘xshash shaklga aylanadigan yangi turdagi ichimlikdir.  Ushbu “ochlikni boshqarish” uchun ishlab chiqarilgan ichimlik, odamlarga rejadan tashqari gazaklarni isteʼmol qilmaslikka va oʻz-oʻzini boshqarishga imkon beradi. Mahsulotni sotib oluvchi insonlarning asosiy tarkibi ish paytida juda koʻp gazak iste’mol qiladigan odamlardir. 
Bundan tashqari ishlab chiqaruvchilar mahsulotni taqdim etish hamda uni sotuvga chiqarish bilan birga, kompaniya bosh ofis ish faoliyatini yaxshilash va muloqotni rivojlantirish uchun xodimlar “Intansan” ni bemalol ichishlari mumkin boʻlgan “ochlikni boshqarish kabinasini” ochgan.

Ovqat oʻrnini bosuvchi ichimlik yaratildimi?

Morinaga & Co Ltd bosh ofisda “Ochlikni boshqarish kabinasi”

“Tansanda Limon Flavor” mahsulotlarining xususiyatlari – ochlikni boshqarish uchun juda mos keladigan gazlangan ichimlikning yangi turi. Mahsulot kofeinsiz. Limon ta’mi, tetiklantiruvchi shirinlikka ega, past kaloriyali va tarkibida palatinoza mavjud. 

“Tansanda Dry Greyfurt Flavor” – tetiklantiruvchi ta’m va nol kaloriyaga ega.

Ovqat oʻrnini bosuvchi ichimlik yaratildimi?

“Tansanda Limon Flavor va Tansanda Dry Greyfurt Flavor”

Morinaga & Co. tomonidan 2024-yil mart oyida oʻtkazgan soʻrovga koʻra, insonlarning taxminan 80 foizi keraksiz gazaklarni isteʼmol qilishlari aniqlandi. Bu yangi mahsulot gazlangan ichimlik boʻlib, bu esa oʻzini-oʻzi boshqarishning bir qismi sifatida notoʻgʻri ovqatlanishdan voz kechishga va ochlikni nazorat qilishga yordam beradi.

Ovqat oʻrnini bosuvchi ichimlik yaratildimi?

Tansan: 74 kishi o‘rtasidagi so‘rovnoma

Ushbu mahsulotni hozirgi kunda faqatgina Amazon tarmogʻi orqali sotib olish mumkin.