Internetda insonning qaysi burj vakili bo‘lishi ishga qabul qilinishda muhim mezonga aylanishi mumkinligi haqida faol muhokamalar olib borilmoqda. Bu mavzu ko‘p bahs-munozaralarga sabab bo‘ladi, kimdir uchun bu bema’ni ko‘rinadi, boshqalar uchun bu real amaliyotdir.
HUKM: QISMAN ROST
Keling, amalda bo‘lgan misollarni ko‘rib chiqaylik.
Ishga yollashda astrologiyadan foydalanilgan haqiqiy keyslari:
Avstriyada “Salzburg Insurance” kompaniyasi savdo va boshqaruv lavozimlariga da’vogarlar uchun afzal bo‘lgan burjlar (Tog‘ echkisi, Buzoq, Qovg‘a, Qo‘y va Arslon) ko‘rsatilgan vakansiyani e’lon qildi. Bu jamoatchilik orasida muhokamalarga sabab bo‘ldi. Biroq, oxir-oqibat, bu tenglik qonunlarini buzmasligi aniqlandi.
Xitoyda Guandun provinsiyasidagi kompaniya Xitoy taqvimidan foydalangan holda it yilida tug‘ilgan nomzodlarni ma’lum lavozimlarga ishga olishdan bosh tortdi.
Ba’zi kompaniyalar astrologiya ma’lum bir rolga yoki korporativ madaniyatga mos keladigan xodimlarni topishga yordam berishiga ishonishadi. Bu, masalan, ishning tabiati yoki jamoaning ehtiyojlari bilan burjlarning muvofiqligini o‘z ichiga olishi mumkin.
Biroq, tanqidchilarning aytishicha, bunday amaliyotlar kamsitish va noto‘g‘ri qarashlarga asoslangan. Ularning fikricha, xodimlar munajjimlar bashorati bo‘yicha emas, balki kasbiy mahorati va tajribasiga qarab tanlanishi kerak.
Tadqiqotlar nima deydi
Buyuk Britaniyada bir tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, katta yoshli insonlarning 18 foizi ishda burjlar mosligiga ishonishadi. Bu shuni anglatadiki, ba’zi odamlar uchun astrologiya hamkasblar bilan kundalik munosabatlarda muhim ahamiyatga ega.
Ishga qabul qilish jarayonida taqvimlardan foydalanish keng tarqalgan yoki rasman qabul qilingan amaliyot bo‘lmasa-da, kompaniyalar ushbu yondashuv bilan tajriba qiladidigan holatlar mavjud. Bu ko‘pincha madaniy muammolar yoki ishga olishning yangi usullarini topishga urinish bilan bog‘liq. Biroq, bunday usullar subyektivligi va ehtimoliy kamsitishlar tufayli ko‘pincha bahslidir.
Shunday qilib, burjlar taqvimi ba’zi hollarda ishga qabul qilish jarayonida omil bo‘lishi mumkin bo‘lsa-da, bu dunyodagi umumiy me’yor emasligi aniq.