Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, zaytun yogʻi sochni oʻstirish xususiyatiga ega. Factchecknet.uz mazkur xabar qay darajada haqiqatga yaqinligini tekshirib koʻrdi.
HUKM: QISMAN ROST
Bir qancha nashrlar zaytun yog‘ining soch uchun foydali ekanligini ta’kidlaydi (1, 2, 3). Xususan, “Healthline” tibbiy nashriga ko‘ra, zaytun yogʻi soch uchun moʻljallangan koʻpgina mahsulotlar, masalan, shampunlar va konditsionerlardagi faol moddalar tartibidan o‘rin olgan.
Zaytun moyi yog‘ kislotalari va antioksidantlar bilan boy. Uning noyob kimyoviy tarkibi ba’zi madaniyatlarda sochning tuzilishini va ko‘rinishini yaxshilash uchun asrlar davomida foydalanilishining sabablaridan biridir.
2015-yilda sichqonlar ustida olib borilgan tadqiqotda olimlar zaytun daraxtidan olingan tarkibiy qismlarni qo‘llash soch o‘sishini rag‘batlantirganligini aniqladilar. Biroq, bu tadqiqot zaytun moyi va soch o‘sishi o‘rtasida bog‘liqlik haqida kerakli barcha ma’lumotlarni bermaydi.
Zaytun moyi Olea europaea deb nomlanuvchi daraxtning mevasidir va uning tarkibida ko‘p miqdorda oleik kislota mavjud. Oleik kislotaning antioksidant xususiyatlari mavjud bo‘lib, bu soch to‘kilishining ta’sirini sekinlashtirishi mumkin. Shuningdek, zaytun mahsulotlarida bakteriyalarga qarshi kurashish xususiyatlari mavjud bo‘lib, bu sog‘lom bosh terisi uchun muhim rol o‘ynaydi.