Telegram kanallarida Turkiyadagi 240 ta ko‘ldan 186 tasi butunlay qurib qolganligi haqida xabarlar tarqaldi.
Factchecknet.uz bu ma’lumot qanchalik asosliligini tekshirdi.
HUKM: ROST
Turkiya Tabiatni muhofaza qilish uyushmasi tomonidan 18-sentabr kuni e’lon qilingan raqamlarga ko‘ra, Turkiyadagi 240 ta ko‘ldan 186 tasi so‘nggi 60 yil ichida butunlay qurib qolgan. Qolganlari esa qurg‘oqchilik va ifloslanish xavfi ostida.
Anqaralik olim va yovvoyi tabiat faoli Melih O‘zbek “Sinxua” agentligiga bergan intervyusida “Markaziy Anadolu va keng Konya tekisligidagi asosiy muammolardan biri suvni ko‘p talab qiladigan ekinlarni sug‘orish uchun fermerlar tomonidan burg‘ulangan noqonuniy quduqlarning ko‘payishidir”, — deya ta’kidlagan.
“So‘nggi 60 yil ichida Turkiyadagi 240 ta ko‘ldan 186 tasi butunlay qurib qolgan, boshqalari esa qurg‘oqchilik va ifloslanish xavfi ostida. Turkiyadagi ko‘llar jiddiy muammolarga duch kelmoqda, jumladan, suv sathining pastligi, yer yuzasining kamayishi, ifloslanish va kislorod tanqisligi… Ular deyarli yo‘q bo‘lib ketish arafasida”, — dedi Turkiya Tabiatni muhofaza qilish uyushmasi (TTKD) ilmiy maslahatchisi Erol Kesichi.
Kesichining fikricha, Turkiyaning qadimiy tabiiy ko‘llari bilan bog‘liq bu jiddiy muammolar yechimlarning kechikib aniqlanishi natijasida yuzaga kelgan.
“Xalqda deyarli hech qanday ko‘l yo‘q. Ularning barchasi suvni sezilarli darajada yo‘qotdi va buni davom ettirmoqda”, — degan mutaxasis. Shuningdek, u bu holat biologik xilma-xillikning yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelishini ta’kidlagan. Yakuniy eslatma sifatida Kesichi hozirgi kunda Turkiyada umumiy standartlarga javob beradigan yoki namuna bo‘ladigan bironta ham ko‘l yo‘qligini aytgan.
Kesichining ta’kidlashicha, ilmiy jihatdan gidrologik qurg‘oqchilik iqlim qurg‘oqchiligini keltirib chiqaradi. Suv va oziq-ovqat bilan ta’minlash qiyinlashib borar ekan, ifloslangan suv turli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin va qishloq xo‘jaligida hosildorlikning pasayishiga olib keladi. Shunday ekan, bu suv tanqisligining asl sababi iqlim o‘zgarishi emas, balki yer osti va yer usti suv resurslarining qurib ketishidir.
Ma’lumot uchun: Vlan ko‘li so‘nggi ikki yil ichida sathining 30% ini yo‘qotgan. Kayseridagi Sulton Marsh esa 80% ga qurigan. Burdur ko‘li suv sathining 40% dan ortig‘ini, Salda ko‘li esa taxminan 12% ini yo‘qotgan. Mug‘la, Antaliya va Adana kabi boshqa mintaqalar ham qurg‘oqchilik va ifloslanish tufayli jiddiy ko‘l inqirozini boshdan kechirmoqda.