Sovuq suv ichish sog‘liq uchun zararlimi?

Odamlar orasida sovuq suv ichish oshqozon og‘rig‘i, tomoq og‘rig‘i va bir qancha muammolarga sabab bo‘lishi haqida mish-mishlar yuradi. Ushbu maqolada sovuq suv ichishning inson organizmi uchun zararlari, shu bilan birga, foydalari haqida ham so‘z boradi.

Sovuq suv ichish salomatlik uchun zararli ekanligi haqida hech qanday ilmiy dalillar yo‘q. Sovuq suv ham, xona haroratidagi suv ham inson organizmi uchun zarur bo‘lgan suyuqlik vazifasini bajara oladi. Issiq suv ichishning esa o‘ziga xos foydalari bor, masalan, ovqat hazm qilishni yaxshilash va organizmdan zararli moddalarni chiqarib yuborishga yordam beradi.

Yetarli miqdorda suv ichish jismoniy va ruhiy salomatlik uchun juda foydali. Masalan, 19 yoshdan oshgan erkaklar kuniga 3,7 litr (taxminan 15,5 stakan) suv ichishlari kerak. Ayollar uchun esa bu ko‘rsatkich 2,7 litrni (taxminan 11,5 stakan) tashkil etadi.

Xo‘sh, sovuq suv ichish haqiqatan ham zararlimi? 

Ba’zilar sovuq suv ichishni sog‘liq uchun zararli odat deb hisoblashadi. Ularning fikricha, sovuq suv oshqozonni toraytirib, ovqat hazm bo‘lishini qiyinlashtiradi. Ayrimlar esa, tananing sovuq suvni isitish uchun qo‘shimcha energiya sarflashiga to‘g‘ri keladi deb o‘ylashadi.

Bu fikrlar qisman to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Biroq sovuq suv ichishning zarari haqidagi ko‘plab taxminlar ilmiy jihatdan to‘liq isbotlanmagan.

Ammo, bu fikrlarda haqiqat bormi?

Sovuq suv ichish tanangizga siz kutmagan yoki xohlamagan ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 1978-yilda o‘tkazilgan kichik tadqiqotga ko‘ra, sovuq suv ichish burun shilliq qavatlarini qalinlashtirib, havoning nafas yo‘llaridan o‘tishini qiyinlashtirar ekan. Tadqiqotda issiq suv va tovuq sho‘rva nafas olishni yengillashtirgani aniqlangan. Agar shamollagan yoki gripp yuqtirgan bo‘lsangiz, sovuq suv ichish burun bitishini kuchaytirishi mumkin. Shuning uchun bunday holatlarda iliq suv ichish tavsiya etiladi. 

Quyidagi sog‘liq muammolarida sovuq suv ichish holatni yanada yomonlashtiradi:

  • Migren. 2001-yilgi tadqiqot sovuq suv ichish migrenni qo‘zg‘atishini ko‘rsatgan;
  • Akalaziya. Bu qizilo‘ngach orqali ovqat o‘tishini qiyinlashtiruvchi holat bo‘lib, 2012-yildagi tadqiqotga ko‘ra, sovuq suv ichish bu og‘riqni kuchaytirishi mumkin.

Sovuq suvning foydalari

Sovuq suv ichishning o‘ziga xos foydalari ham mavjud. Jismoniy mashqlar paytida sovuq suv ichish tana qizib ketmasligini ta’minlaydi. 2012-yilgi tadqiqotga ko‘ra, sovuq suv mashg‘ulot paytida tana haroratini me’yorida ushlab, samaradorlikni oshirishi aniqlangan.

Sovuq suv vazn yo‘qotishga yordam beradimi?

Suv ichish (har qanday haroratda) kun davomida iste’mol qilinadigan kaloriyalarni kamaytirishga yordam beradi. Shakarli ichimliklar o‘rniga suv ichish hazm qilishni yaxshilaydi va vaznni me’yorida ushlashga yordam beradi.

Sovuq suv ichish organizmni suvni isitish uchun qoʻshimcha energiya sarflashga majbur qiladi. Bu esa oz miqdorda boʻlsa-da, kaloriya sarflanishiga olib keladi. Shunga qaramay, faqat sovuq suv ichish orqali sezilarli darajada ozishga erishib boʻlmaydi. Vazn yoʻqotish uchun toʻgʻri ovqatlanish va muntazam jismoniy faollikka eʼtibor qaratish lozim. Sovuq suv bu jarayonga ozgina hissa qoʻshishi mumkin xolos.