Euractiv’ning yozishicha, Yevropa Komissiyasi European Centre for Democratic Resilience (Yevropa Demokratik Barqarorligi Markazi) nomli yangi agentlikni tashkil etishni taklif qilmoqda. Ma’lumot European Democracy Shield tashabbusining ishchi loyihasidan olingan.
Loyihadan ma’lum bo‘lganlar
Democracy Shield tashabbusi xorijiy omillar, ayniqsa Rossiya tomonidan amalga oshirilayotgan gibrid dezinformatsiya hujumlarini aniqlash va oldini olishga qaratilgan. Yangi markaz Yevropa Ittifoqi institutlari va a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik uchun maxsus hub sifatida ko‘zda tutilgan.
Hujjatda Rossiya “gibrid hujumlarni kuchaytirmoqda” va “Yevropaga qarshi ta’sir kurashini olib bormoqda” deya qayd etilgan.
Budjet va muddat bo‘yicha aniq ma’lumot yo‘q
Loyihada markazning qachon tashkil etilishi va moliyalashtirish manbalari ko‘rsatilmagan. Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen sentabr oyidagi nutqida shunday tuzilma zarurligini tilga olgan edi.
Fransiyadagi VIGINUM yoki Shvetsiyaning Psixologik Mudofaa Agentligi kabi o‘xshash markazlar mavjud. Yangi markaz ular bilan qanday hamkorlik qilishi hozircha noma’lum.
Democracy Shield doirasidagi boshqa tashabbuslar
Loyihada quyidagi chora-tadbirlar ham keltirilgan:
- Meta, TikTok va X kabi yirik platformalar bo‘yicha DSA tekshiruvlarini kuchaytirish;
- onlayn insidentlar uchun DSA inqiroz protokoli ishlab chiqish;
- deepfake’larni aniqlash texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash;
- Digital Markets Act qoidalarini media sohasida ustuvor tartibda qo‘llash;
- mustaqil Yevropa Faktchekerlar Tarmog‘ini tashkil etish.
Kontekst
Yevropa Ittifoqida dezinformatsiyaga qarshi kurashish uchun DSA va AI Act kabi qonunchilik mexanizmlari mavjud. Biroq hozircha Meta, TikTok va X bo‘yicha DSA tekshiruvlari yakuniga yetmagan.