Braziliyadagi Iso Masih haykalini chaqmoq urgani rostmi?

Ijtimoy tarmoq va saytlarda Rio-de-Janero shaxrining Korkovadu tog’ida joylashgan Iso Masih haykalini chaqmoq urgani haqida xabarlar berildi.

HUKM: HAQIQAT

Tekshiruvlarimiz asosida ushbu surat real voqe´likni tasvirlaganini aniqladik. Muallif esa braziliyalik fotograf Fernando Braga. Foto tarixini tekshirish, uni Fernando 2023 yil 11-fevral kuni Instagram ijtimoiy tarmog’iga joylashtirganini ko´rsatdi. Uning aytishicha, fotosurat 10-fevralda NIKON D800 com 70-200mm f/2. 8E a 70 mmf/8 13 “ISO 1000” kamerasida tasvirga olingan. Shuningdek, u bir necha soat ichida 500 dan ortiq kadr olganini ta’kidlagan.

Dengiz sathidan 709 metr balandlikda joylashgan haykalga chaqmoq tushgani haqida ma’lumotlar bir necha yil oldin ham ijtimoiy tarmoq va turli platformalarga joylashtirilgan. Ma’lumot uchun, 2014-yil yanvar oyida Iso Masih haykalini chaqmoq urgani yozilgan. Shuningdek, bo’ron vaqtida haykal o’ng qo’lining bosh barmog’iga zarar yetgan.

Braziliyaning San-Jozedus-Kampus shahrida joylashgan Milliy Kosmik Tadqiqotlar institutining hisoblashicha, ushbu hududga har yili 50 milliondan 60 milliongacha chaqmoq tushadi.