O‘zbekistonlik shaxmatchi jahonning top o‘ntaligiga birinchi marta kiryaptimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda 27-fevral kuni Nodirbek Abdusattorov dunyodagi reytingi yuqori 10 nafar shaxmatchi qatoriga kirgani haqidagi xabar faol tarqalmoqda.

O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayevning aytishicha, bu o‘zbekistonlik shaxmatchilar uchun yangi rekorddir.

HUKM: ROST

2024-yil 27-fevral holatiga ko‘ra, Nodirbek Abdusattorov 2753,5 ball bilan klassik shaxmat bo‘yicha reytingda o‘ninchi o‘rinni egallab turibdi. Eng yaxshi o‘nta o‘yinchi orasida u eng yosh vakil sifatida ajralib turadi.

*FIDE reytingi — Xalqaro shaxmat federatsiyasi tomonidan shakllantiriladigan oylik shaxmat reytingi.

Bungacha Rustam Qosimjonov 2715 ball bilan 11-o‘rinni egallagan edi.

O‘zbekistonlik shaxmatchi jahonning top o‘ntaligiga birinchi marta kiryaptimi?

2024-yil 29-fevral holatiga ko‘ra, FIDE xalqaro reytingida o‘zbekistonlik to‘rt nafar shaxmatchi kuchli yuztalikdan joy olgan.

2024-yil 29-fevral holatiga ko‘ra, FIDE xalqaro reytingining kuchli yuztaligidan to‘rt nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi  joy olgan.

Ular orasida:

Nodirbek Abdusattorov – 10-o‘rin;

Javohir Sindarov – 35-o‘rin;

Rustam Qosimjonov – 48-o‘rin;

Nodirbek Yoqubboev – 74-o‘rin

O‘zbekistonlik shaxmatchi jahonning top o‘ntaligiga birinchi marta kiryaptimi?