Telegram-kanallarda derazalardan ancha past tashqi balkon o‘rnatilgan yangi bino qurilayotgani aks etgan video joylashtirildi. “Sergelida joylashgan ushbu uy quruvchilari qidirilmoqda”, — deyiladi xabarda. Biz fotosuratlar haqiqatga qanchalik mos kelishini va bu uy сhindan ham Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashganligini tekshirishga qaror qildik.
HUKM: HAQIQAT
Darhaqiqat, balkonlari “noto‘g‘ri” qurilgan yangi binolar Sergeli tumani, Quruvchi massivida barpo etilayotgan “Trubniy” turar-joy majmuasida joylashgan.
Bularni qurgan quruvchilarni izlashga hojat yo’q, chunki bu uylarning qurilishi bugungi kungacha davom etmoqda. Ushbu hududda to’qqiz qavatli, noto’g’ri o’rnatilgan balkonli beshta yangi uy mavjud va ularni qurish davom etmoqda.
Quruvchilar bu haqda hech qanday izoh berishmadi, bu yangi binolar yonidagi uylarda yashovchilar: “Ular rejani bajarayapti, qanday qilib qurish kerak degan bo’lsa, shunday qurishmoqda, nima ham qila olasiz?” – deyishdi.
Biz “Trubniy” turar-joy majmuasi bilan telefon orqali bog‘lanib, uy-joy narxlarini so‘radik. Nima uchun bunday balkonlar qurilayotganini so’raganimizda, ular: «Bu agregatorli konditsionerlar uchun», deb javob berishdi. Ular bizga uyning bosh rejasini ham taqdim etishdi. Quruvchi tashkilot: Toshkent quvur zavodi.


