O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil fevraldagi Farmoni bilan 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e‘tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi.
Davlat strategiyasining 2-bandida 2023-yil 1-iyulga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar sonini 570 turga yetkazish bo‘yicha topshiriq berilgan.
Factchecknet.uz jurnalistlari O‘zbekiston Prezidentining ushbu topshirig‘i bajarilgan yoki bajarilmaganini tekshirishga qaror qilishdi.
HUKM: BAJARILMAGAN
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining veb-saytiga kirdik va asosiy sahifada ishga tushirilgan xizmatlar soni 498 ta ekanligini ko‘rdik.

Hujjatda 2023-yilning 1-iyuliga qadar ko‘rsatilayotgan xizmatlar soni 570 taga yetkazilishi ko‘zda tutilgan. Bugun, 6-oktabr kuni Yagona portal veb-saytida xizmatlar soni 72 taga kam.