Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda pul birligi denominatsiyasi bo‘lishi haqida ma’lumot tarqaldi.
Bu qanchalik rost? Factchecknet.uz ushbu masalani o‘rganib chiqdi.
HUKM: FEYK
Xabarlarda yangi banknotlarning almashtirish kursi 1:10 000 nisbatda ko‘rsatilgan. Mualliflarning qo‘shimcha qilishicha, eski kupyuralar 2025 yilgacha muomalada bo‘ladi.
Tekshirish uchun rasmiy manbalarga murojaat qildik.
Bunga avvalroq Markaziy bank matbuot xizmati javob bergan edi. Unda denominatsiya toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asossiz ekanligi, Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Markaziy banki tomonidan pul birligining denominatsiyasi ko‘zda tutilmaganligi aytilgan.
Avvalroq mamlakatda pul birligi bilan bog‘liq o‘zgartirishlar amalga oshirilsa, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy saytida albatta xabar berilishi ta’kidlangan edi.
Shubhali xabarlarga ishonishdan oldin har doim rasmiy manbalar orqali ma’lumotni tekshiring.