2023-yil noyabr oyida 80-yillardagi Qozon banditlari haqida suratga olingan “Yigit soʻzi. Asfaltdagi qon” seriali chiqdi va uning mashhurligi feyklar ijodkorlarini ilhomlantirganga oʻxshaydi.

Serialdan kadr
“Oʻylaymanki, “Yigit so‘zi”ni tomosha qilgacha toʻda tuzayotgan oʻsmirlar haqidagi feyklar serialning yangi epizodlari chiqar ekan, tarqalishda davom etaveradi. Loyiha juda keng miqyosli hodisaga aylandi va odamlar qansidir shaklda unga bogʻliq boʻlishni xohlamoqda”, – dedi “Yigit so‘zi. 1970–2010 yillardagi kriminal Tatariston” kitobining muallifi Robert Garayevning. Aynan shu kitob asosida feyklar to‘lqini haqidagi serial suratga olingan.
1-feyk: mushtlashuvlar tez-tez sodir bo‘la boshladi
Telegram kanallari Andijonda maktab o‘quvchilari serialni ko‘rgandan so‘ng, ommaviy mushtlashuv boshlagani haqida yozmoqda. Biroq, aslida bu hodisa bir necha oy oldin sodir bo‘lgan.
Videoda hodisa ishtirokchilari juda yengil va mavsumga mos bo‘lmagan holda kiyinganini ham ko‘rish mumkin, biroq bu feyk muallifini to‘xtatmadi. Bundan tashqari, feyk muallifi shunday yozadi: “Hozir “Yigit so‘zi” seriali deyarli barcha ekranlarda. Ko‘p yigitlar ularning turmush tarziga taqlid qilishga harakat qilishmoqda”.
Bu feyk. Xabar mualliflari eski videoni serial efirga chiqqandan keyingi xayp to‘lqini bilan bog‘lashga harakat qilishgan.
Ijtimoiy tarmoqlarning Rossiya segmentlarida va ularning ommaviy axborot vositalarida ham serial tomosha qilingandan so‘ng turli hududlarda mushtlashuvlar bo‘lgani haqida xabarlar ham paydo bo‘ldi. Biroq, ishtirokchilar bu serialni hatto ko‘rmaganligi ma’lum bo‘ldi. Xabar berilganidek, serial paydo bo‘lgandan keyin o‘smirlar bilan sodir bo‘lgan voqealar haqidagi har bir xabar voqea ishtirokchilari tomosha qilmagan taqdirda ham serialni ayblashga asos bo‘lmoqda.
2-feyk: banditizmning romantizatsiyasi
Serialga qarshi chiquvchilar ushbu shior ostida harakat qilib, uni taqiqlashga harakat qilishmoqda. Qozog‘iston va Rossiya ommaviy axborot vositalari serialni turli komissiyalar tomonidan tekshirilgani haqida xabar berishdi. Biroq, haqiqatan taqiqlargacha hali borilmadi.
“TASS”ning “Roskomnadzor”ga havola qilib qayd etishicha, serialda Rossiya qonunchiligining buzilishi aniqlanmagan. Garchi dastlab undan serial “banditizmning romantizatsiyasi va “Qozon fenomeni”ning oqlanishiga aylandi” degan taxminni tekshirish so‘ralgan.
Robert Garayevning aytishicha, Rossiya prokuraturasining unga qarshi hech qanday da’vosi yo‘q. Banditizmni romantiklashtirish haqidagi taxminlar serialni ko‘rmasdan, u haqida faqat eshitganlardan kelib chiqishi mumkin.
“Menimcha, kriminal haqida ro‘yirost gapirish kerak. Agar ushbu hodisa haqida, u bilan bog‘liq bo‘lgan odamlar uchun barchasi qanchalik fojiali yakunlanishi haqida ochiq gapirsangiz, unda hech qanday romantika paydo bo‘lmaydi”, – dedi kitob muallifi.
3-feyk: Chushpan ismli yangi tug‘ilgan chaqaloq
Telegram kanallaridan birida Qozonlik Nigmatullinlar oilasi yangi tug‘ilgan chaqaloqqa Chushpan Maratovich ismini qo‘yishga qaror qilgani haqida xabar ham e’lon qilindi.
Chushpan – bu ko‘cha bolalari guruhiga kirmaydiganlarga nisbatan kamsituvchi va haqoratli laqab, shuning uchun bunday ismli chaqaloq haqidagi xabarlar shunday rezonansga ega bo‘ldi. Tarmoq foydalanuvchilari ota-ona qanday qilib bunday noo‘rin ismni tanlashlari mumkinligidan hayratga tushushdi.
Dastlab, bu yangilik “Imperiya o‘ta badjahl” nomli yumoristik kanalda paydo bo‘ldi va Internetda tarqaldi. Kanal tavsifida foydalanuvchilar ogohlantiriladi: “Yozilgan narsa badiiy to‘qimadir va barcha tasodiflar tasodifiy”.
Bir kundan keyin mualliflar feyk xabar haqiqiy deb qabul qilinganini payqab, kanal obunachilaridan ushbu xabarga ishongan manbalar bilan bo‘lishishni so‘rashdi. Natijada yuzlab sharhlar keldi.
Bu yumoristik xabarning tarqalib ketishiga, hattoki O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarigacha yetib kelishiga to‘sqinlik qilmadi.

Oxirgi yolg‘onlardan biri ikkinchi mavsum uchun kastinglar haqidagi xabar bo‘ldi. Biroq, xabar allaqachon feyk ekanligi aytilgan.
Serial atrofidagi xayp to‘lqini sababli boshqa feyklar ham paydo bo‘lishi mumkin. Navbatdagi manipulyatsiya yoki feyklarga ishonishdan oldin ularni ishonchli manbalar orqali tekshiring.