Shaharning markaziy ko’chalarida boshqa joy yo’qligi sababli avtomobillar yo’l chekkasiga qo’yiladi. Bir necha yillardan beri ko’p qavatli avtoturargohlar qurishga va’da berilmoqda, ammo ulardan haligacha darak yo’q.
Factchecknet.uz mazkur va’da ijrosini tekshirib ko‘rdi.
HUKM: BAJARILMAGAN“Parlament soati” doirasida transport vaziri Ilhom Maxkamovga Prezidentning 2023-yil 16-fevraldagi qarorining shu masalaga tegishli bandi ijrosi yuzasidan savol berildi.

Transport vaziri Ilhom Maxkamov / manba: parliament.gov.uz
Ushbu band Toshkent shahridagi ko‘p qavatli avtoturargohlar qurilishiga tegishli. Deputat Tavakkal Chorievning aytishicha, markaziy ko‘chalarda tirbandliklarni keltirib chiqarayotgan muammolardan biri bu transport vositalari uchun to‘xtash joylari yo‘qligidir. U vazirdan bu boradagi ishlar qanday olib borilayotgani haqida so‘radi.
Masala negizi nimada?
Prezidentning “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 17-bandida davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan yoki davlat-xususiy sheriklik asosida maxsus tuzilgan davlat organiga yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratgan holda ko‘p qavatli avtoturargohlar tashkil etish vazifasi belgilangan.
Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga Toshkent shahar hokimligi, Transport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirliklari bilan birgalikda bir oy ichida ko‘p qavatli avtoturargohlar qurish tartibini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilgan.
Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov transport vaziri Ilhom Mahkamovdan fevral oyidan buyon qanday ishlar amalga oshirilgani va Vazirlar Mahkamasiga qanday hujjat kiritilgani haqida so‘radi. Transport vaziri Qurilish vazirligi va hokimlik bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan loyiha joriy yilning 14 aprelida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgani va u 2023-yil 29-aprelda yakunlangani haqida javob berdi.
Vazir, shuningdek, yoʻl boʻylarida bolajak avtoturargohlar manzillari belgilanganligini aytib o’tdi. N. Ismoilov Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjati e’lon qilingan yoki qilinmaganligini so’radi. Vazir yana ishlab chiqilgan loyihaga to’xtaldi.
Loyiha bor, to’xtash joylari yo’q
Prezident qarori birinchi ilovasining beshinchi bandida Toshkent shahrida ko‘p qavatli avtoturargohlar qurish va ularni tadbirkorlik subyektlariga tayyor biznes tarzida berish tartibini ishlab chiqish uchun bir oy muddat belgilangan. Xuddi shu bandda birinchi bosqichda transport vositalari ko’p bo’lgan hududlarda kamida to’rtta ko’p qavatli avtoturargohlar uchun qurilish maydonchalarini tanlash nazarda tutilgan.
Ilhom Mahkamov hokimlik bilan hamkorlikda avtoturargohlar qurilishini amaliyotga tatbiq etish imkonini beruvchi yagona markaz tashkil etilishini ma’lum qildi. Qonunchilik palatasi Spikeri, o‘z navbatida, fevral oyidan buyon qancha avtoturargoh qurtilganligini so‘radi. Transport vaziri ular hali qurilmaganligini ma’lum qildi.
Hozircha ko‘p qavatlilari yo‘q, lekin pullik avtoturargohlar yaratilmoqda
Ko’p qavatli avtomashinalar to‘xtash joylarini qurish rejalari 2016 yilda ma’lum edi, o’shanda 20 ta ob’ekt haqida gapirilgan edi.2017 yilda avtomobil garajlari o‘rnida ikki, uch va olti qavatli avtoturargohlar qurilishi rejalashtirilgan edi. Bu haqda OAVda xabar berilgan, biroq hozirda shahar hokimi qarori loyihasi e’lon qilingan sahifa mavjud emas.

Источник: www.gazeta.uz, 2017 год
2023-yil noyabr oyida poytaxt hokimligi Muqimiy teatri oldida pullik avtoturargoh ishga tushirilishini e’lon qilgan edi. U tajriba sifatida tashkil etilgan. Darhaqiqat, asfaltda belgilar paydo bo‘ldi. Pullik avtoturargohlarning yaratilishi 2022 yilda ma´lum qilingan.Agar asfaltda belgilangan pullik to’xtash joylarini yaratish bilan bog‘liq chora tadbirlar boshlangan bo‘lsa, ko‘p qavatlilari qog’ozdagi gap bo‘lib qolmoqda. Qonunchilik palatasi saytida taʼkidlanganidek, bu vazifaning bajarilmagani deputatlar eʼtiroziga sabab boʻlmoqda.