Gullar virusni tashuvchi bo‘lishi mumkinmi?

Internetda gullar virus tashuvchiga aylangani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

“Shifokorlar gullarga yaqinlashmaslikni, ayniqsa ularni sotib olishmaslikni tavsiya etishmoqda. Maʼlum qilinishicha, cheklov 10-martgacha davom etadi”, — deyiladi xabarda.

HUKM: FEYK

Xabarlar hajviy xarakterga ega bo‘lib, 8-mart arafasida chop etilgan. Shuning uchun mualliflar bu ma’lumotni ataylab tarqatgan. Biroq, tan olish kerakki, koronavirus pandemiyasi davrida bunday xabarlar jiddiy qabul qilingan.

Ekspertlar 2021-yildayoq gul virus tashuvchi bo‘lishi mumkin, degan fikrni rad etishgan.

Tibbiyot fanlari doktori, virusolog Anatoliy Altshteyn pandemiya paytida kasallik yuqtirish ehtimoli doim mavjud, ammo guldasta orqali koronavirusni yuqtirish deyarli mumkin emasligini aytgan.
Bundan oldinroq, 2020-yil avgust oyida Rospotrebnadzor Epidemiologiya instituti Molekulyar diagnostika markazi eksperti Mixail Lebedev koronavirus infeksiyasi gulchanglar orqali yuqmasligini, chunki u quruq va unda virus zarralari yashab qolmasligini aytgan. Bundan tashqari, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti pandemiya davrida tavsiyalarni e’lon qildi va shu kabi afsonalarni rad etdi.