“Tashkent Modernism” — mobil ilova bo‘lib, poytaxtimizda modernizm uslubida barpo etilgan 21 ta obyekt to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni taqdim etishi belgilangan. Ilovani yaratish loyihasini amalga oshirish Prezidentning 2022-yil 10-avgust kuni Toshkent shahriga tashrifi davomida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga topshirilgan.
Factchecknet.uz vazifa ijrosi ajarilganligini tekshirib ko‘rdi.
HUKM: BAJARILGAN
Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, loyihani amalga oshirish 2023-yil 1-martgacha yakunlanishi kerak edi.
Bugunga kelib “Modernism” nomli mobil ilova yaratilgan bo‘lib, unda Toshkent shahrida 1964-1993 yillar oralig‘ida modernizm dizayni asosida barpo etilgan 21 ta obyekt haqida ma’lumotlar taqdim etilgan. Ilovani IOS va Android qurilmalariga yuklab olish mumkin.
Raqamli hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestrida loyihaning konsepsiyasi va texnik topshiriq hujjatlarini ham topish mumkin.

Loyiha bo‘yicha tug‘ilgan savollarga javob qaytarish uchun mobil ilovaga t.me/tashkentmodernism sahifasi ulab qo‘yilgan.
Shuningdek, loyihaning Instagramdagi sahifasida “Tashkent. Modernism” bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar va harakatlar yoritib borilgan.

Mobil ilova uch tilda yaratilgan, ammo kichik kamchiliklar uchraydi, xususan, “Dastur haqida” bo‘limi o‘zbek va ingliz tillarida taqdim etilmagan.