Cholg‘u.uz mobil ilovasi yaratildimi?

Xabaringiz bor, Factchecknet.uz nashri bir necha oylardan buyon raqamli hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestriga kiritilgan loyihalar ijrosini o‘rganib keladi. Bugun tahririyat o‘z diqqatini “aholi, xususan, yoshlarga milliy musiqa cholg‘ulari bo‘yicha dastlabki tushunchalarni beruvchi hamda ularni ijro etishni o‘rgatuvchi “Cholg‘u.uz” mobil ilovasiga qaratdi. Xo‘sh, ilova ishlab chiqildimi, belgilangan maqsad doirasidagi ishlar bajarildimi?

HUKM: BAJARILMAGAN

“Cholg‘u.uz” mobil ilovasini yaratish Prezidentning 2023-yil 24-maydagi “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-162-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan. Reyestrga ko‘ra, loyiha ijrosi Madaniyat vazirligiga 2023-yil yakunigacha amalga oshirish muddati bilan topshirilgan.

Cholg‘u.uz mobil ilovasi yaratildimi?
Cholg‘u.uz mobil ilovasi yaratildimi?

Raqamli texnologiyalar vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyiha-texnik hujjatlarini ko‘rib chiqish boyicha ekspert komissiyasi loyiha konsepsiyasini 2023-yil 25-oktyabrda imzolagan.
Biroq ayni tashkilot tomonidan loyihani amalga oshirish uchun texnik topshiriq loyiha yakunlanishi kerak bo‘lgan muddatdan qariyb 3 oy o‘tib, 2024-yilning martida imzolangan.

Cholg‘u.uz mobil ilovasi yaratildimi?

Bu loyiha belgilangan muddatda foydalanishga taqdim etilmaganligini ko‘rsatadi. Factchecknet.uz ushbu topshiriq ijrosining qay darajada amalga oshirilishini kuzatishda davom etadi.


Faktchekerlar hamjamiyatiga qo‘shiling.