“Soxta oila” yohud qalbaki obraz “Saylov-2024”dagi vaziyatni qanday yomonlashtirdi

Virjiniya shtatida respublikachilar partiyasidan Kongressga nomzod Derrik Anderson atrofida janjal kelib chiqdi, u “feyk oila” bilan suratga tushganligi munosabati bilan e’tibor markaziga tushub qoldi.

Virjiniyaning 7-okrugida ochiq o‘rin uchun kurashayotgan siyosatchi yaqinda, go‘yoki o‘z rafiqasi va uch qizi bilan suratga tushish orqali saylovchilarni chalg‘itmoqchi bo‘lganlikda ayblangan edi. Ma’lum bo‘lishicha, bu yolg‘on ekan. Andersonning “oilasi” aslida uning uzoq yillik do‘stining oilasi bo‘lib chiqdi.

Andersonning o‘zi aslida boshqa ayol bilan unashtirilgan va hozirda farzandi yo‘q. Uning saylov kampaniyasi veb-saytida u kuchugi bilan yolg‘iz yashayotgani aytilgan.

AQShda, ayniqsa respublikachilar orasida er, xotin va bir nechta bolalardan iborat “nuklear oila” imidji uzoq vaqtdan beri shakllangan.

Voqeadan so‘ng Andersonning asosiy raqiblari – Anderson “o‘zini sevdirish uchun butun bir soxta oila o‘ylab topganini” ta’kidlab, Yevgeniy “Yudjin” Vindmanni qo‘llab-quvvatlovchi demokratlar bu holatdan reklama videolarida faol foydalana boshladilar.

Ana shunday reklama kampaniyalaridan birida Derrikka o‘xshagan aktyor Anderson ishdan uyiga qaytib, haqiqiy o‘lchamdagi kartondan yasalgan “oila” tomonidan kutib olingan voqeani o‘ynaydi. Ular birga kechki ovqat qilishadi, frizbi bilan o‘ynashadi va film tomosha qilishadi.

Ushbu rolikda Anderson siyosatchilarning istisnolarsiz, jumladan zo‘rlash va qarindoshlar o‘rtasidagi jinsiy aloqadan orttirilgan homiladorlik kabi holatlar uchun ham abortni taqiqlash tashabbusini qo‘llab-quvvatlagani ta’kidlanadi.

Keng tarqalgan muhokamalarga javoban Andersonning jamoasi video namoyishini to‘xtatishni so‘rab xat yo‘llagan, biroq bu vaziyatga qiziqishni yanada oshirgan.

Uning saylovdagi raqibi, demokrat Vindman ham vaziyatdan foydalanib, agar Anderson shunday oddiy narsalar haqida yolg‘on gapirsa, bundan jiddiyroq masalalarda unga ishonib bo‘lmaydi, deb chiqish qilgan. 

Vaziyat yuzasidan Derrik qanday javob berdi?

“Bu mening raqibim qo‘llagan chalg‘itish uslubi‘, – dedi Anderson reklama materiallarida ko‘rinmagan qallig‘i (haqiqiy) ishtirokidagi futbol o‘yini paytidagi saylovoldi tadbirida. “U haqiqiy muammolar haqida gapirmayapti”.

Anderson intervyu vaqtida “soxta oila” haqidagi savollarni chetlab o‘tdi va buni o‘z tarafdorlari bilan tushgan turli fotosuratlaridan atayin tanlab olingani, Vindmanning adolatsiz hujumi deb bilishini aytdi. Respublikachining saylovoldi kampaniyasi u hech qachon bu rasmdan biror bir reklama yoki pochta jo‘natmalari maqsadida foydalanmaganini hamda o‘zi va suratdagi odamlarning qarindoshligi haqida da’vo qilmaganini aytdi.

Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, ikkala nomzod ham okrug ustidan nazorat va Vakillar palatasiga saylov natijalari uchun kurashmoqda.


“Washington Post”materiali asosida tayyorlandi.