Kursk viloyatiga Shimoliy Koreyadan 10 ming askar keldimi?

Rossiya ommaviy axborot vositalari o‘zining Telegram-kanalida AQSh Davlat departamenti Kursk viloyatiga 10 ming nafar Shimoliy Koreyalik askar kelganini e’lon qilgani, KXDR esa bu bayonotlarni rad etib, ularni Pxenyanni obro‘sizlantirishga urinish deb ataganini yozdi.

HUKM: ROST

2024-yil 24-oktabr kuni Qozondagi “BRHXA” (BRIKS) sammiti yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida Vladimir Putin birinchi marta Rossiyada Shimoliy Koreya harbiylari borligi haqidagi xabarlarga izoh berdi. Amerikalik jurnalistning “KXDR harbiylari nima uchun Rossiyada ekani va bu mojaroning kuchayishimi?” degan savoliga Putin ularning mavjudligini inkor etmadi, biroq kelishdan maqsadini oshkor qilmadi va bu “bizning ishimiz” deb ta’kidladi.

Putin Davlat dumasi yaqinda KXDR bilan shu yozda tuzilgan strategik sheriklik shartnomasini ratifikatsiya qilganini eslatdi. Bu kelishuvga ko‘ra, davlatlar tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda bir-biriga harbiy yordam ko‘rsatish majburiyatini oldi. Prezidentning aniqlik kiritishicha, ushbu yordamdan foydalanish tafsilotlari Rossiya va KXDR o‘rtasidagi ichki masala bo‘lib qolmoqda.

Ushbu bayonotlar fonida Janubiy Koreya va AQSh Pxenyan o‘z harbiylarini Ukrainadagi jangovar harakatlarda ishtirok etish uchun Rossiyaga yuborayotgani haqida xabar berdi.

Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning 12 mingga yaqin harbiy xizmatchisi allaqachon Rossiyaning Uzoq Sharqida bo‘lishi mumkin. Vashington va Kiyev ham bu xabarlarni tasdiqlaydi, biroq Shimoliy Koreya harbiylari qanday vazifalarni bajarayotganini aniq ayta olmaydi.

Mojaroning kuchayishi mumkinligi haqidagi savolga Putin G‘arbni Ukrainani qurollantirishda ayblab, uni qo‘zg‘atgan Rossiyaning harakatlari emasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya xalqaro huquq va KXDR bilan kelishuvlari doirasida harakat qiladi.

1-noyabr kuni Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Choy Song Xi Pxenyan Rossiya armiyasiga yordam berayotganini rasman ma’lum qildi, biroq aynan nima masalada ekanligini aniqlashtirmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “maxsus harbiy operatsiya” boshlanishidanoq Kim Chen In Rossiyani “muqaddas urush”da qo‘llab-quvvatlashga ko‘rsatma bergan va KXDR Moskvani g‘alabagacha qo‘llab-quvvatlashiga ishontirgan.

Moskvadagi yig‘ilishda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham strategik sheriklik shartnomasi imzolangandan so‘ng mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya va KXDR birgalikdagi muammolarni hal qilish uchun harbiylar va xavfsizlik xizmatlari o‘rtasida yaqin aloqalar o‘rnatgan.

Harbiylar tashlangani haqidagi mish-mishlar fonida KXDRdan Rossiyaga rekord miqdordagi “o‘quv” safarlari

2024-yilning iyulidan sentabriga qadar 3,7 mingdan ortiq Shimoliy Koreya fuqarosi Rossiyaga o‘qish uchun kelgan — bu rekord ko‘rsatkich. Bunday ma’lumotlar FXX Chegara xizmati tomonidan Rosstat saytida e’lon qilindi. Taqqoslash uchun, 2019-yil davomida Rossiyadagi Shimoliy Koreyalik talabalar soni 3,2 ming nafarga yaqinni tashkil etdi.

Kursk viloyatiga Shimoliy Koreyadan 10 ming askar keldimi?

Biroq, Rossiya universitetlarida KXDR talabalari uchun kvotalar kamligicha qolmoqda. 2024-yil aprel oyida Taʼlim va fan vazirligi oʻsha paytda KXDRdan 130 nafarga yaqin talaba Rossiyada tahsil olayotgani va yangi oʻquv yili uchun 100 nafardan sal koʻproq ariza qabul qilingani haqida xabar bergan edi.

“O‘quv” safarlarining ko‘payishi Pxenyan janglarda qatnashish uchun Rossiyaga askarlarini yuborayotgani haqidagi xabarlarga to‘g‘ri keldi.