Ijtimoiy tarmoqlarda plastik butilkadagi suv inson organizmi uchun xavfliligi haqida ma’lumotlar tarqalmoqda. “ Plastik butilkalardagi suv gipertenziyani keltirib chiqaradi va yurak xastaliklari xavfini oshiradi” – deyiladi xabarda.
Gipertenziya — bu qon bosimining doimiy yuqori bo‘lishi, ya’ni «yuqori qon bosimi» bilan tavsiflanadigan kasallik. Davolanmasa, yurak xuruji va insult kabi jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Factchecknet.uz mazkur xabarni tekshirib koʻrdi.
HUKM: QISMAN ROST
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, plastik idishlardan suv ichish qon oqimiga mikroplastik kirishi natijasida qon bosimini oshirishi mumkin. Boshqa tadqiqotlarga ko’ra, shisha idishlardagi suyuqliklarda mikroplastmassalar ham topilgan. Ekspertlarning ta’kidlashicha, bu esa yuqori qon bosimi va yurak xastaligi xavfini oshirishi mumkin.
Oxirgi tadqiqot shuni ko’rsatdiki, tadqiqot ishtirokchilari ikki hafta davomida plastik butilkalardan suyuqlik ichishni to‘xtatib, tozalangan musluk suvini ichganlarida, ularning qon bosimi sezilarli darajada pasayib, yurak xastaliklari xavfini kamaytirgan. Yana bir boshqa tadqiqotda esa, Avstriyaning Dunay Xususiy Universiteti Tibbiyot fakulteti tomonidan o’tkazildi. U yerdagi tadqiqotchilar guruhi ishtirokchilarga plastik idishda bo’lmagan suyuqlik bergan va ularning qon bosimi sezilarli darajada pasayganini aniqlagan.
Sayyoramiz turli xil omillar ta’sirida ifloslangan. Ulardan biri mikroplastiklar – oziq-ovqat va suv ta’minotining katta qismida uchraydigan mayda plastmassa zarralardir. Ular insonlar uchun eng zararli moddalardan biri deb atalgan bo‘lib, sog‘lig‘imizga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. “Microplastics” jurnalida chop etilgan bir tadqiqotga ko‘ra, plastik idishlardan ichimlik ichish mikroplastiklarning qonga kirishi natijasida qon bosimini oshirishi mumkin, deb xabar beradi. Bu zarrachalar allaqachon yurak salomatligi, gormonal muvozanat va hatto saraton bilan bog‘liq deb topilgan. Ular plastik butilkalarga qadoqlangan ichimliklardan voz kechish kerak degan xulosaga keladi.
Mikroplastiklarning tana ichiga kirishini oldini olish usullariga musluk suvini qaynatish va filtrlash kiradi. Ushbu usullar mikroplastiklar (va nanoplastiklar) miqdorini deyarli 90 foizga kamaytirishi mumkin.
Bu zarrachalar allaqachon yurak salomatligi, gormonal muvozanat va hatto saraton bilan bog‘liq deb topilgan. Bu plastik butilkalardagi ichimliklardan voz kechish kerak degan xulosaga olib keladi.
Mikroplastiklarning tanaga kirishini oldini olish usullariga suvni qaynatish va filtrlash kiradi. Bu usullar mikroplastiklar (va nanoplastiklar) miqdorini deyarli 90 foizga kamaytirishi mumkin.
Biroq, avvalroq bir mutaxassisning fikricha, to‘qimalarda ma’lum bir mikro yoki nanoplastik bo‘lsa, bu albatta organizmga zarar yetkazishi degani emas.
Ushbu faraz o‘rganilgan tadqiqotda, namunalar soni cheklanganligi sababli, statistik jihatdan ahamiyatli bog‘lanishni aniqlash mumkin bo‘lmaganligi ta’kidlangan. Dastlabki natijalarni tasdiqlash uchun ishtirokchilar guruhi katta bo‘lgan va o‘lchov protokollari kengaytirilgan keng qamrovli tadqiqotlar o‘tkazish tavsiya etiladi. “Yurak-tomir tizimidagi jinsiy farqlar va ftalatlarning kam ta’sirining mumkin bo‘lgan ta’siri kabi omillar bizning tadqiqotimizda muhim ahamiyatga ega bo‘lmadi, lekin qo‘shimcha o‘rganish lozim. Bu tadqiqot plastikning ta’siri zararli bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda, garchi sabab-oqibat aloqasi to‘liq o‘rganilmagan bo‘lsa-da”, deyiladi xulosada. Demak, plastikning zarari haqidagi tadqiqotlar haqiqatan ham o‘tkazilgan, ammo yakuniy xulosaga kelish uchun tadqiqotlarni davom ettirish kerak.