AQShning NATOga hissasi: “Reuters” faktcheki

Ijtimoiy tarmoqlarda AQSh NATOning yillik budjetiga 860 milliard dollar ajratgani va bu NATO a’zolarining umumiy hissasining 66 foizini tashkil etishi haqida xabarlar tarqaldi. “Reuters” faktchekerlari bu da’volarni tekshirishga qaror qilishdi.

“Reuters”ga ko‘ra, ushbu xabarlarning mualliflari AQShning mudofaa xarajatlarini NATO budjetiga qo‘shib hisoblashgan. Shuningdek, NATO budjeti ham oshirilgan holda keltirilgan.

Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, Vashington 2023-yilda mudofaa xarajatlari uchun 816,7 milliard dollar ajratgan. NATO saytida keltirilishicha, NATOning 2023-yilgi budjeti 3,3 milliard yevroni (3,59 milliard dollarni) tashkil etadi. AQSh NATOning yillik budjetiga 15,8 foiz hissa qo‘shgan, bu taxminan 521 million yevro (567 million dollar)ga teng. AQShning bilvosita moliyaviy hissalari NATOning yillik budjetiga kirmaydi.