Laboratoriyadan xavfli virusli probirkalar yo‘qoldimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Avstraliya laboratoriyasidan 323 ta xavfli virus saqlangan probirka yo‘qolgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Xabar mazmuniga ko‘ra, yo‘qolgan probirkalarning taxminan 100 tasida “Hendra” virusi bo‘lgan. 

Factchecknet.uz tarqalayotgan xabarlar qanchalik asosli ekanligini tekshirdi.

HUKM: ROST

Avstraliyaning Kvinslend shtatidagi sog‘liqni saqlash virusologiya laboratoriyasidan jonli virus namunalari, jumladan “Hendra” virusi, “Lyssavirus” va “Hantavirus” bo‘lgan 323 probirka yo‘qolganligi xabar qilingan. 2021-yilda laboratoriyadagi muzlatkichning nosozligi tufayli yuzaga kelgan bu yirik qoidabuzarlik 2023-yil avgust oyida audit paytida aniqlangan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi so‘nggi xabarlar ushbu virus namunalari hozirda yo‘qligini hamda faol tahdid solayotganini da’vo qilmoqda. Bu da’volar noto‘g‘ri va ortiqcha qo‘rquvga sabab bo‘lishi mumkin, chunki voqea 2021 yilda sodir bo‘lgan va 2023 yilda aniqlangan.

Yo‘qolgan probirkalarda asosan uchta xavfli virusni bo‘lgan: “Hendra” virusi, “Lissavirus” va “Hantavirus”. Flakonlarning 100 ga yaqinida xavfli “Hendra” virusining jonli namunalari bo‘lgan.

  1. “Hendra” virusi
  • o‘lim darajasi 57% atrofida bo‘lgan, yuqori o‘lim sabablarini keltirib chiqaradigan zoonoz virus.

Asosiy xavflaridan biri og‘ir nafas olish yoki nevrologik kasalliklarni keltirib chiqaradigan infektsiyani yuqtirgan otlardan odamlarga yuqishidir. 1994-yildan beri Avstraliya bo‘ylab “Hendra” virusi 66 marta tarqalgan bo‘lib, to‘rt kishi va o‘nlab otlar halok bo‘lgan.

  1. “Lissavirus”
  • quturish bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan, odamlarda alomatlar paydo bo‘lgandan keyin 100% ga yaqin o‘lim holati kuzatiladi.

Hasharot chaqishi orqali yuqishi mumkin.

3. “Hantavirus”

  • CDC ma’lumotlariga ko‘ra, bu virus o‘pka sindromi (HPS) bilan bog‘liq. 36% o‘lim darajasi bilan ushbu virus  nafas yo‘llarining og‘ir kasalligi hisoblanadi.

Buyrak sindromi bilan gemorragik isitmani keltirib chiqaradigan ba’zi “Hantavirus” shtammlari mavjud. Ushbu virus shtammiga qarab, virusni yuqtirgan odamlarda 15% gacha o‘lim holati uchraydi. Avstraliyada hech qachon odamlarda qayd etilmagan “Hantavirus”ning ikkita to‘liq namunasi ham yo‘qolgan.

Xavfli viruslar saqlangan probirkalarning yo‘qolishi dastlab o‘g‘irlik deb taxmin qilingan bo‘lsa-da, rasmiylarning fikricha, namunalar odatiy avtoklav sterilizatsiyasi paytida yo‘q qilingan bo‘lishi ham mumkin. Viruslar saqlangan probirkalar yo‘qligi 2023-yil avgust oyiga qadar aniqlanmagan bo‘lib, rasmiylar materiallar haqiqatda o‘g‘irlanganmi  yoki yo‘q qilinganmi, aniq ayta olmagan.

Kvinslend sog‘liqni saqlash vaziri Tim Nikolls holat yuzasidan tergov e’lon qilinganligini aytgan. Tergovga Oliy sudning sobiq sudyasi Martin Daubni rahbarlik qilishi aytilgan. Martin Daubni boshchiligidagi 9-qism, tergovni boshlagan. Tekshiruv laboratoriya siyosati, protseduralari, me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi va xodimlarning xatti-harakatlarini o‘rganadi. Hisobot 2025-yil 30-iyungacha sog‘liqni saqlash boshqarmasiga topshiriladi. Janob Nikolls jamoatchilik ushbu xavfsizlik buzilishi haqida nima sababdan tezkor xabardor qilinmagani haqidagi savolga bu tergovning bir qismi bo‘lishini aytgan.

Kvinslend sog‘liqni saqlash sohasi xodimlarining ta’kidlashicha, aholi uchun minimal xavf mavjud. Sog‘liqni saqlash direktori Doktor Jon Jerrard, ushbu virus namunalari past haroratli saqlash joyidan tashqarida tezda parchalanishi va yuqumli bo‘lmasligini ta’kidlagan. Kvinslendda so‘nggi besh yil ichida odamlarda “Hendra” yoki “Lissavirus” bilan kasallanish holatlari haqida xabar berilmagan. Odamlarda hech qanday “Hantavirus” infektsiyasi qayd etilmagan.