“Hojatxonaga soda olib kirib qo‘yish” ish beradimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Hojatxonaga bir quti soda olib kirib qo‘ying!” deb boshlanuvchi maslahatga ko‘zingiz tushgandir. Sababi u 285 ming martadan ortiq ko‘rilgan. Bu maslahatda ichimlik sodasining turli foydalarga ega ekanligi aytiladi, jumladan, hidlarni yo‘qotish va hasharotlardan qutulishga yordam berishi mumkin ekanligi ta’kidlanadi. Lekin bu da’volarning ilmiy asoslari bormi? Keling, buni tekshirib ko‘ramiz.

HUKM: QISMAN ROST

Ichimlik sodasi, ya’ni natriy bikarbonat neytrallashtiruvchi xususiyatga ega bo‘lib, kislota va ishqoriy reaksiyalarni muvozanatlashtiradi. U hidlarni yutishda foydali bo‘lishi mumkin, ammo faqat vaqtinchalik yordam beradi. Soda o‘zi hidlarni to‘liq yo‘q qilmaydi, faqat ularni boshqa xidlar bilan muvozanatlashtiradi. Shu sababli uylarda hidlarni nazorat qilishda ishlatilishi mumkin, lekin bu usulni barcha hidlar uchun samarali deb bo‘lmaydi.

Ichimlik sodasi va hasharotlarga qarshi kurash haqidagi reseptlar ilmiy jihatdan tasdiqlanmagan. Natriy bikarbonat hasharotlarni o‘ldirishi mumkin bo‘lgan kimyoviy moddalarni o‘z ichiga olmaydi. Bu usulning samaradorligi an’anaviy hasharotlarga qarshi vositalarga qaraganda ancha past bo‘lishi yoki umuman samarador bo‘lmasligi mumkin.