Sovuq havo soch toʻkilishiga olib kelishi rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda qishda bosh kiyim kiymagan odamlarning kal bo‘lib qolishi mumkinligi haqida ma’lumotlar tarqalmoqda. “Sovuq va haroratning oʻzgarishi taʼsirida soch follikulalari ingichka boʻlib, toʻkilib ketadi, bu esa soch toʻkilishiga olib keladi. Agar siz bosh kiyim kiymasangiz, sochlaringiz to‘kilib ketadi”, — deyiladi xabarda.

HUKM: YOLGʻON

Har kuni odam boshidan 50 dan 100 tagacha, yiliga 30 ming tola soch toʻkiladi. Bosh terisida 100 mingta soch follikulalari mavjud boʻlib, ular ikki yildan olti yilgacha davom etishi mumkin boʻlgan doimiy oʻsish yoki dam olish tsiklida boʻladi.

Soch toʻkilishining umumiy sabablari stress, notoʻgʻri ovqatlanish va mavsum (sochlar kuzda koʻproq, qishda va yozda kamroq toʻkiladi). Ularning koʻp qismi yuvish va tarash paytida tushadi. Sochlar doimo toʻkiladi va bu tabiiy fiziologik jarayondir.

Tsyurix universiteti kasalxonasi tomonidan oʻtkazilgan olti yillik tadqiqot shuni koʻrsatdiki, qishda odamlarda eng kam soch toʻkiladi.

Qish kunlarida uyquchanlikni keltirib chiqarishi bilan mashhur boʻlgan melatonin aslida soch oʻsishi tsiklini tartibga solishga yordam beradi, va xuddi odamlarda boʻlgani kabi sut emizuvchilarning ham qishda yunglari uzunroq  issiqroq boʻlishiga yordam beradi.

Shunga qaramay, boshni qisib turadigan bosh kiyim kiyish yaramaydi.