Ogoh bo‘ling, kiberprofessionallar ishlamoqda

Internetda nafaqat ma’lumot olish, balki bilmasdan pulingiz bilan xayrlashishingiz ham mumkin. Ilgari Factchecknet.uz Internetda ishonchingizni qozonish uchun qanday usullardan foydalanishlari, shuningdek, onlayn-aldov sxemalari haqida yozgan edi. Biroq, usullar tobora xilma-xil bo‘lib bormoqda, shuning uchun biz sizning e’tiboringizga kiber-firibgarlardan “ijodkorlik”ning yangi partiyasini taqdim etamiz.

Soxta akkauntlar

Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar markazidan xabar paydo bo‘ldi. Akkaunt nomiga e’tibor qaratilsa, unda qo‘shimcha raqamlar mavjudligini ko‘rish mumkin. Shunday qilib, rasmiysi (o‘ngda) okmbm_uzb, soxta akkaunt esa (chapda) 707 raqamlari bilan to‘ldirilgan.

Ogoh bo‘ling, kiberprofessionallar ishlamoqda

Ichki ishlar vazirligining Kiberxavfsizlik markazi allaqachon uni soxta deb atagan.

Ilovalarni viruslar bilan tarqatish

Firibgarlar Instagram orqali Click’dan yangilangan ilovani va buning uchun 2 000 000 olishni taklif qiladi. Fuqarolarni rasman bunday ma’lumotlarga ishonmaslikka va o‘z ma’lumotlarini ehtiyot qilishga chaqirishdi.

Ogoh bo‘ling, kiberprofessionallar ishlamoqda

Telegram shaxsiy xabarlarda yuklab olish va buning evaziga moliyaviy bonus olishni taklif qiluvchi ilovalar bilan xabarlar kelmoqda.

Tavsifda foydalanuvchi o‘z misolida ushbu “xizmat”dan foydalanganini va boyib ketganini aytadi. Aslida, natija aksi bo‘ladi.

Ogoh bo‘ling, kiberprofessionallar ishlamoqda

Skrinshotda Payme, Asaka va SQB banklaridan kelayotgani aytilayotgan bunday xabarlarga misollar keltirilgan. Banklar vakillari bu xabarlarni inkor etishmoqda, ammo rasmiy ma’lumotni ularning ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari ko‘rishadi, vaholanki, bunday spam olgan auditoriya ancha kengroq.

Shunday virusga o‘xshash ilovani yaxshi tanishingiz yoki qarindoshingiz yuborgan bo‘lsa ham, bu onlayn-firibgarlarning pul ishlash uchun navbatdagi urinishi emasligiga ishonch hosil qiling.

Ushbu xabarlar nimasi bilan o‘zini namoyon qilib qo‘yishi mumkin:

• yopiq akkautdan yuborilishi;

• xabarda boyib ketishning “oson” usuli haqida aytilishi;

• “Men urinib ko‘rdim, muvaffaqiyatga erishdim va sen ham buni uddalaysan” kabi shaxsiy tajriba mavjudligi.

Noreal va’dalar

Qandaydir “Leroyfinance” firmasining vakillari foydalanuvchilarga o‘n ming dollargacha bo‘lgan kreditlarni atigi ikki foizga va’da qilmoqda. O‘zbekiston kredit bozori bilan tanish bo‘lganlar bunday foiz stavkalari yo‘qligini aniq tushunadi.

Ogoh bo‘ling, kiberprofessionallar ishlamoqda

Bu keysda esa “Xalq banki” nomi orqasida yashirinib, nol foiz stavkasini va’da qilishadi. Haqiqatdan uzoq bo‘lgan taklif.

Agar kredit olishga ehtiyojingiz bo‘lsa, ma’lumot olish uchun bank vakillariga murojaat qilish yoki ularning rasmiy sahifalaridagi ma’lumotlarni o‘rganish yaxshiroqdir.

O‘yinda akkaunt sotish

Noma’lum shaxslar PUBG o‘yinidagi o‘z akkauntlarini bor-yo‘g‘i to‘rt million so‘mga sotishga va’da berishgan. Yakkasaroy tumanida yashovchi fuqaro bu xabarga ishondi. Pul o‘tkazilgach, firibgarlar g‘oyib bo‘ldi, jabrlanuvchi esa tegishli idoralarga murojaat qilishga majbur bo‘ldi.

Keyinroq jinoyatni olmaliqlik yigit sodir etgani ma’lum bo‘ldi. Uning aytishicha, jabrlanuvchi bilan muloqot qilib, uning kartasiga bank o‘tkazmasini amalga oshirgach, yozishmalarni o‘chirib tashlagan va pulni o‘z ehtiyojlariga sarflagan. Firibgarlik bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Klik uchun iPhone

Uzumga taqlid qiluvchi soxta resursdan klik uchun telefon o‘ynalishiga yana bir misol. Eng qizig‘i shundaki, taniqli platforma aslida ham iPhone sovg‘a qilgandi, faqat 14 emas, yangiroq modeli — 15ni. Bundan tashqari, sezilarli farq bor — original tizimda jarayon shaffof va hatto g‘oliblar ismlarini ham taqdim etadilar. Asliga taqlid qilgan saytda sovg‘a surati bilan belgini bosishingizni so‘rashadi. Uchinchi martada g‘alaba haqidagi xabar va iPhone 14 ni olib ketish taklifi chiqadi. Hatto quyida chat aks ettiriladi, unda “g‘oliblar” o‘zlarining yutuqlari bilan o‘rtoqlashadilar. Biroq, chat haqiqiy emas, u yerda xabar yubora olmaysiz.

Ogoh bo‘ling, kiberprofessionallar ishlamoqda

Ushbu sxema “g‘alaba”ga ishonadigan va keyinchalik firibgarlar tomonidan qo‘llaniladigan shaxsiy ma’lumotlarini kiritadigan, ishonuvchan foydalanuvchilarga qaratilgan.

Haydovchilik guvohnomasi pulingiz tomon yo‘l

Huquqshunos va bloger Sherzod Egamberdiyev O‘zbekiston banklarida haydovchilik guvohnomasidan foydalangan holda amalga oshiriluvchi yangi firibgarlik sxemasi haqida gapirib berdi. Agar bundan oldin foydalanuvchilarning bank kartasi ma’lumotlarini aldov yo‘li bilan olishgan bo‘lishsa yoki soxta veb-saytlar orqali pasport ma’lumotlarini kiritish so‘ralgan bo‘lsa, endi ular yanada uzoqroqqa ketishdi.

Boshqa birovning haydovchilik guvohnomasi nusxasi orqali ham bank hisobiga yo‘l topish mumkin. Bloger sug‘urta yoki boshqa hujjatlarni rasmiylashtirishda ham haydovchilik guvohnomasining surati yoki skanerlangan nusxasini yubormaslik kerakligi haqida ogohlantirdi.