O‘zbekistonda “mashinalar qabristoni” paydo bo‘ldimi?

Ba’zan shov-shuvli sarlavha ostidagi materialda boshqacha ma’lumotlar bo‘ladi.

Tasavvur qiling-a, siz quyidagilarni o‘qiyapsiz: “Milliy iftixor”: Toshkentda navbatdagi Tracker va Onix avtomobillari qabristoni topildi”. Tan olish kerak, bunday xabar, ayniqsa unda videotasvirlar bo‘lsa, ma’lum his-tuyg‘ular paydo bo‘lishiga olib keladi.

“Bu mashinalar hozir hech kimga kerak emas. Kompaniya hatto foizsiz 3 yilga bo‘lib-bo‘lib to‘lashni ham taklif qildi, biroq bunday shartlar ham xaridorlarni o‘ziga jalb etmadi”, — deb ishontirmoqda mualliflar.

HUKM: FEYK

UzAuto Motors tezkorlik bilan rasmiy javob berdi. Vakillar bu xabarni rad etishdi va videoning skrinshotini “Feyk” degan yozuv bilan joylashtirdilar.

Shu bilan birga, ushbu videolavha haydovchi-tashuvchi tomonidan Andijon viloyatidagi dilerlik markazlaridan birining hududiga avtomashinalarni yuklash jarayonida suratga olingani qayd etildi.

Shuningdek, UzAuto Motors yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun javobgarlik borni eslatib, to‘g‘ri ma’lumotlarni olish uchun rasmiy manbalardan foydalanishni taklif qildi.

Qizig‘i shundaki, avtomobil qabristoni haqidagi xabar bundan ham avvalroq, may oyida paydo bo‘lgan.

Bu keys foydalanuvchilarni chalg‘itish naqadar oson ekanligini, rasmiy tashkilotlarning o‘z vaqtida javob qaytarishi va haqiqatni ochiqlashi qanchalik muhimligini yana bir bor isbotlaydi.