Sut ichish yurak uchun foydali ekanligi rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga koʻra, har kuni sut isteʼmol qilish yurak va qon tomirlarini mustahkamlab, yurak xuruji va insult xavfini 37 foizga kamaytiradi. Faktcheknet.uz mazkur xabar qay darajada haqiqatga yaqin ekanligini tekshirib koʻrdi.

HUKM : QISMAN ROST

Bir qancha nashrlar sut mahsulotlari yurak va qon-tomirlari uchun foydali ekanligini ta’kidlaydi. (1, 2, 3). Xususan, “Medicalnewstoday.com” tibbiy nashriga koʻra, sut kalsiy, kaliy, oqsil va D vitamini kabi ko‘plab zaruriy oziq moddalar manbai hisoblanadi. Sut va sut mahsulotlari manbalari orasida sigirlar, qo‘ylar, tuvaloq, echkilar va boshqalar bor. Sut o‘rnini bosuvchi muqobillar esa soya suti, bodom suti, zig‘ir suti, kokos suti va kanop sutini o‘z ichiga oladi.

AHA (Amerika Yurak Assotsiatsiyasi) ma’lumotlariga ko’ra, kaliyni ko’proq iste’mol qilish va natriyni kamroq iste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirish uchun muhimdir.

2014-yilda olimlar 90 mingdan ortiq postmenopauza davridagi ayollarning ma’lumotlarini o’rganib, xulosalarini e’lon qilishdi. Eng ko’p kaliy iste’mol qilgan ayollarning taxminan 25 foizida har qanday turdagi insult xavfi 21 foizga, ishemik insult xavfi esa 27 foizga pastligi aniqlandi.
Biroq to’liq yog’li sut mahsulotlaridagi to’yingan yog’lar ateroskleroz va yurak kasalliklari xavfini oshirishi mumkin. Shu sababli, insult yoki yurak-qon tomir kasalliklari xavfi bo’lgan odamlar kam yog’li yoki yog’siz sut mahsulotlarini tanlashlari kerak.